Allamjonov ko‘zbo‘yamachiliklarga qarshi ko‘rilayotgan choralar haqida brifing o‘tkazadi

© Stranitsa Komila Allamjonova v FacebookPress-sekretar prezidenta Uzbekistana Komil Allamjonov
Press-sekretar prezidenta Uzbekistana Komil Allamjonov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Brifingni bugun soat 15.00da "O"zbekiston 24" telekanali va Prezident matbuot xizmatining Facebook'dagi rasmiy sahifasi orqali tomosha qilish mumkin bo‘ladi

TOShKENT, 17 apr – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi Komil Allamjonov ijtimoiy soha xodimlarining obodonlashtirish ishlariga jalb etilayotgani va ayrim joylarda ko‘zbo‘yamachilikka yo‘l qo‘yilayotgani bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar haqida brifing o‘tkazadi. Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

Allamjonovning bildirishicha, brifingni bugun soat 15.00da "O"zbekiston 24" telekanali va Prezident matbuot xizmatining Facebook'dagi rasmiy sahifasi orqali tomosha qilish mumkin bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev 13-aprel kuni Sirdaryo viloyatiga tashrifi vaqtida viloyat faollari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda o‘zining hududlarga tashrifi arafasida uyushtiriladigan ko‘zbo‘yamachiliklar to‘g‘risida keskin fikr bildirgandi.

"Men yuradigan yo‘ldagi narsalarni bo‘yab qo‘yganlaring bilan odamlar "rahmat" demaydi. Nima uchun men Sirdaryoning markazida majlis o‘tkazmayapman? Nima uchun men shuncha uzoqqa — Sayxunobodga keldim? Chunki vaziyatni bilaman. Men safarlarga qarsak eshitish yoki maqtovlar aytish uchun emas, balki vaziyatni yaxshilash uchun chiqaman", — degandi Sirdaryoda o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishi davomida prezident.

Prezident ijtimoiy soha xodimlari obodonlashtirish ishlariga jalb qilinadigan bo‘lsa rahbarlar qattiq jazolanishlarini ta’kidlagandi.

"Hammamiz kelishib olaylik. Barcha rahbarlarni ogohlantirmoqchiman. Agar bundan buyon bironta hududda tashrif oldidan o‘qituvchi, shifokor yoki talabalar obodonlashtirishga jalb etilsa, jazo juda qattiq bo‘ladi. Ishdan olish bilan birga o‘sha rahbar qonun oldida javobgar bo‘ladi", — degandi Mirziyoyev.

Yangiliklar lentasi
0