Turizm

Dixtyar: birgina yodgorliklarning oʻzi bilan turizmni rivojlantirib boʻlmaydi

© Iz lichnogo arxiva S.DixtyarDirektor instituta gostinichnogo biznesa i turizma RUDN Svetlana Dixter
Direktor instituta gostinichnogo biznesa i turizma RUDN Svetlana Dixter - Sputnik Oʻzbekiston
Yetti davlatning sakkiz oliy oʻquv yurti hamkorlikda mintaqa turistik salohiyatini oʻrgandi va oʻzaro tajriba almashdi

TOSHKENT, 18 apr — Sputnik. Oʻzbekiston turizmni rivojlantirish boʻyicha Markaziy Osiyo davlatlari ichida eng yuqori salohiyatga ega davlat, dedi Rossiya Xalqlar doʻstligi universiteti mehmonxona biznesi va turizm instituti direktori Svetlana Dixtyar Sputnik muxbiri bilan suhbatda. Ammo uning fikricha, ushbu soha rivojlanishi uchun malakali mutaxassislar kerak.

Turistы v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston
Turizm
Mutaxassis: Oʻzbekiston turizmdan yiliga 15 mlrd dollar daromad olishi mumkin

"Afsuski, mamlakatda mavjud turizm salohiyatidan toʻlaqonli foydalanilmayapti. Birinchi navbatda ushbu sohada ishlayotgan va ishlaydigan mutaxassislar haqida oʻylash kerak. Chunki malakali mutaxassislar boʻlmasa, jozibali tarixiy yodgorliklarning oʻzi bilan turistlar oqimini koʻpaytirishning iloji yoʻq", — dedi u.

Uning aytishicha, oʻtgan yili Ipak yoʻlida joylashgan davlatlarda turizmni rivojlantirish boʻyicha katta ilmiy loyihaga qoʻl urildi. Yetti davlatning sakkiz oliy oʻquv yurti hamkorlikda mintaqa turistik salohiyatini oʻrgandi va oʻzaro tajriba almashdi. Loyiha bu yil ham davom etadi va turli ekspeditsiyalar tashkil etiladi. Oʻzbekistondan mazkur loyihada Samarqand iqtisodiyot va servis instituti ishtirok etmoqda.

Loyiha doirasida shu yilning kuzida katta simpozium oʻtkazilishi reajalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala