Jamiyat

Prezident ertaga Buxoro va Navoiy viloyatlariga tashrif buyuradi

Shavkat Mirziyoyev Buxoroda "Oʻzbekneftgaz" milliy xolding kompaniyasi bilan Rossiyaning "Lukoyl" kompaniyasi hamkorligida qurilgan Qandim gazni qayta ishlash majmuasining ochilish marosimida ishtirok etadi

TOSHKENT, 18 apr – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19 aprel kuni Buxoro va Navoiy viloyatlariga tashrif buyuradi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Komil Allamjonov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.

"Davlatimiz rahbari Buxoroda "Oʻzbekneftgaz" milliy xolding kompaniyasi bilan Rossiyaning "Lukoyl" kompaniyasi hamkorligida qurilgan Qandim gazni qayta ishlash majmuasining ochilish marosimida ishtirok etadi", — deyiladi xabarda.

Fotoreportaj s mesta stroitelstva Kandыmskogo GPK - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Aprelda Qandim gaz majmuasining ikkinchi navbati ishga tushiriladi

Shuningdek, Allamjonovning maʼlum qilishicha, "Navoiyazot" aktsiyadorlik jamiyati tomonidan jahon bozorida xaridorgir kimyo mahsulotlari ishlab chiqaradigan uchta zavod barpo etilmoqda. Prezident Navoiy viloyatiga tashrifi chogʻida ushbu zavodlar qurilishining borishi bilan tanishadi.

Eslatib oʻtamiz, Qandim gazni qayta ishlash majmuasi "Lukoyl" gaz qazib olish boʻyicha "Oʻzbekneftgaz" AJ bilan hamkorlikda amalga oshirayotgan "Qandim-Xauzak-Shodi-Qoʻngʻirot" loyihasining asosiy qismlaridan biri hisoblanadi. Loyiha boʻyicha mahsulotlar taqsimoti toʻgʻrisidagi kelishuv 2004 yilda imzolangan edi. Xauzak-Shodi uchastkasida gaz qazib olish ishlari 2007 yilda boshlangan boʻlsa, Gʻarbiy Shodi uchastkasida — 2011 yildan yoʻlga qoʻyildi.

Kelishuvni amalga oshirishning navbatdagi bosqichi Qandim konlar guruhini oʻzlashtirishdan iborat. Uskunalarni yetkazish, Qandim gazni qayta ishlash majmuasi qurilishi va konni jihozlash boʻyicha shartnoma 2015 yil fevralida imzolangan.

Qandim konlari guruhi 6 ta gaz kondensati konlaridan iborat. Bular Qandim, Quvachi-Olot, Oqqum, Parsankoʻl, Xoji va Gʻarbiy Xoji konlaridir.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala