Jamiyat

Oʻzbekistondagi 1300dan ortiq maktabga zamonaviy kompyuter majmuasi beriladi

© Press slujba Minobrazovaniya UzbekistanaUchenitsы uzbekskoy shkolы
Uchenitsы uzbekskoy shkolы - Sputnik Oʻzbekiston
Ushbu komplekt oʻqituvchi uchun kompyuter va printer, oʻquvchilar uchun kompyuterlar, interaktiv doska, proyektor, konditsioner, stabilizator, kabel va tarmoq uskunalaridan iborat

TOSHKENT, 18 apr — Sputnik. Respublika miqyosida 1303 ta umumtaʼlim maktabiga Xitoy Xalq Respublikasi granti asosida zamonaviy kompyuter texnikasi majmuasi yetkazib beriladi, deb xabar berdi Xalq taʼlimi vazirligi axborot xizmati.

Xabarda aytilishicha, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil may oyida Xitoyga qilgan davlat tashrifi doirasida "Umumtaʼlim maktablarining 5-9 sinflarida informatika va chet tili fanlarini oʻqitishning sifatini oshirish (1-bosqich)" loyihasini amalga oshirish uchun grant mablagʻlarini ajratish boʻyicha kelishuv amalga oshirildi.

V Uzbekistane nachali testirovat novuyu shkolnuyu formu - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda yangi maktab formasini sinovdan oʻtkazish boshlandi

Mazkur kelishuv asosida ikki davlat oʻrtasida amalga oshirilayotgan loyiha doirasida respublika miqyosida umumtaʼlim maktablarining informatika va chet tili xonalarini jihozlash uchun 1303 komplekt zamonaviy kompyuter texnikasi majmuasini yetkazib berish koʻzda tutilgan. Ushbu komplekt oʻqituvchi uchun kompyuter (printer bilan), oʻquvchilar uchun kompyuterlar, interaktiv doska, proyektor, konditsioner, stabilizator, kabel va tarmoq uskunalaridan iborat.

Bugun Sergeli tumanidagi 55-maktabda mazkur loyiha doirasida zamonaviy kompyuter va AKT vositalari bilan jihozlangan dastlabki maktabning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Xalq taʼlimi vaziri Ulugʻbek Inoyatov va Xitoyning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Tszyan Yan ishtirok etdi.

"Umumtaʼlim maktablarining 5-9 sinflarida informatika va chet tili fanlarini oʻqitishning sifatini oshirish (1-bosqich)" loyihasi asosida Oʻzbekistondagi umumtaʼlim maktablari umumiy qiymati 108,8 mln yuan (17 mln. dollar) miqdorida 18 886 dona zamonaviy kompyuter, 1303 komplekt interaktiv doska va proyektorlar bilan jihozlanadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala