Oʻzbekistonda imomlarga davlat tomonidan bepul uy-joylar beriladi

© muslim.uzPrazdnichnaya molitva v sobornoy mecheti "Xazrati Imam"
Prazdnichnaya molitva v sobornoy mecheti Xazrati Imam - Sputnik Oʻzbekiston
Yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha qurilayotgan uy-joylar sotib olinib, koʻp yillar davomida namunali faoliyat yuritayotgan, uy-joyga muhtoj imom-xatiblarga tekinga beriladi

TOSHKENT, 19 apr — Sputnik. Oʻzbekistonda imomlar bepul uy-joylar bilan taʼminlanadigan boʻldi.

Bu haqda Oʻzbekiston prezidentining 16 aprel kuni imzolangan "Diniy-maʼrifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmonida aytib oʻtilgan.

Prezentatsiya knigi Koran - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda xalqaro islom akademiyasi va diniy telekanal tashkil qilinadi
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi huzurida "Vaqf" xayriya jamoat fondi tashkil etiladi.

Fond mablagʻlari hisobidan ushbu idora tizimidagi diniy-maʼrifiy tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan xodimlarga, shu jumladan imom-xatiblarga oylik ish haqi toʻlanadi, faoliyat yuritayotgan uy-joyga muhtoj xodimlar xizmat uy-joylari bilan taʼminlanadi.

Bundan tashqari, fond mablagʻlariga yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha qurilayotgan uy-joylar sotib olinib, koʻp yillar davomida namunali faoliyat yuritayotgan, uy-joyga muhtoj imom-xatiblarga tekinga beriladi.

Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston musulmonlari idorasining buyurtmasiga asosan idora tizimidagi diniy-maʼrifiy tashkilotlar xodimlariga xizmat uy-joylari va ularga sotib olib berish uchun yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha qurilayotgan uy-joylarning ajratilishini taʼminlaydi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala