Rahmon O‘zbekistonga qachon tashrif buyurishi ma’lum bo‘ldi

Obuna bo‘lish
Rahmonning tashrifi davomida Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi bahsli chegara uchastkasi bo‘yicha hal etilmay qolgan masala o‘z yechimini topadi

TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon O‘zbekistonga kuz fasli boshida rasmiy tashrif bilan keladi deb xabar berdi Sputnik Tojikiston TojikTAning hukumatdagi manbasiga tayanib bergan xabariga asoslanib.

Vstrecha Shavkata Mirziyoyeva i Emomali Raxmona v Dushanbe - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Rahmonni O‘zbekistonga taklif etdi

Manbaning aytishicha, Rahmonning tashrifi davomida Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi bahsli chegara uchastkasi bo‘yicha hal etilmay qolgan masala o‘z yechimini topadi.

"Tojikistonning So‘g‘d va O‘zbekistonning Sirdaryo viloyatlari tutashgan chegaradagi mazkur uchastka bo‘yicha Emomali Rahmonning kuz fasliboshida O‘zbekistonga kutilayotgan tashrifi davomida rasman kelishib olinadi", — dedi u.

Tojikiston hukumatidagi manbaning aniqlik kiritishicha, mazkur chegara uchastkasida hech qanday inshoot yoki aholi punkti mavjud emas, u yerdan chiqindixona sifatida foydalaniladi.

19 aprel kuni Tojikiston parlamenti O‘zbekiston bilan tojik-o‘zbek davlat chegarasining alohida uchastkalari haqidagi shartnomani ratifikatsiya qilishni rejalashtirgan. Mazkur hujjat O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mart oyida Dushanbega amalga oshirgan tashrifi davomida imzolangandi.

Yangiliklar lentasi
0