Sport

"Real Madrid" klubi vakillari 22 may kuni Toshkentga uchib keladi

© Sputnik / Anton Denisov / Fotobankka oʻtishFutbol. Liga chempionov. Final. Match "Real" - "Atletiko"
Futbol. Liga chempionov. Final. Match Real - Atletiko - Sputnik Oʻzbekiston
Tashrif doirasida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati bilan uchrashuv, matbuot anjumani hamda Real Madrid Foundation Clinic dasturi boʻyicha tashkil etilayotgan futbol akademiyasi binolari barpo etiladigan joy bilan tanishuv tadbirlari boʻlib oʻtadi

TOSHKENT, 24 apr — Sputnik. Joriy yilning 22 may kuni "Qirollik klubi" akademiyasining menejerlari Real Madrid Foundation Clinic dasturi boʻyicha Oʻzbekistonda tashkil etilayotgan futbol akademiyasi binolari barpo etiladigan joy bilan tanishish maqsadida Toshkentga tashrif buyurishadi.

Sport
Oʻzbekistonda xorijlik futbol mutaxassislari soliqlardan ozod etiladi
Shuningdek, tashrif doirasida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati bilan uchrashuv va matbuot anjumani oʻtkaziladi.

"Clinics" dasturi boʻyicha Toshkentda bolalar murabbiylari uchun oʻquv kurslari iyun oyidan boshlanishini ham taʼkidlab oʻtish kerak.

Eslatib oʻtamiz, 2018 yilning yanvar oyida Oʻzbekiston milliy olimpiya qoʻmitasi prezidenti va Oʻzbekiston futbol federatsiyasi 1-vitse prezidenti Umid Ahmadjonov Ispaniyaga tashrif buyurib, "Real Madrid" klubi akademiyasi direktori Xulio Ronko bilan uchrashuv oʻtkazgan edi.

Ushbu uchrashuvda "Qirollik klubi"ning Real Madrid Foundation Clinic dasturi asosida Oʻzbekistonda "Real Madrid" klubining futbol maktabini ochish, "Real Madrid"da faoliyat yuritayotgan murabbiylarni Oʻzbekistonga olib kelish, ular ishtirokida futbol maktablarimizda mashgʻulotlar oʻtkazish, futbolchilar bilan ishlash jarayonlari haqida oʻz tajribalari bilan oʻrtoqlashish boʻyicha kelishuv imzolangan edi.

Shuningdek, Real Madrid Foundation va OʻFA oʻrtasida imzolangan «Real Madrid» akademiyasing "Clinics" dasturi doirasida Oʻzbekistonda va Ispaniyada bolalar va murabbiylar kursini oʻtkazish boʻyicha ham hamkorlik kelishuviga erishilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala