Iqtisod

Oʻzbekiston va Turkmanistonda ikki mamlakat savdo uylari ochiladi

© Press-slujba MinvneshtorgaUzbekistan i Turkmenistan podpisali soglasheniye o torgovыx domax
Uzbekistan i Turkmenistan podpisali soglasheniye o torgovыx domax - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston tashqi savdo vazirligi va Turkmaniston savdo va tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi oʻrtasida jami 17 ta kelishuv imzolangan.

TOSHKENT, 26 apr — Sputnik. Oʻzbekiston Tashqi savdo vazirligi va Turkmaniston savdo va tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi oʻrtasida ikki mamlakatda savdo uylari tashkil qilinishi toʻgʻrisida bitim imzolandi. Bu haqda Tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Flagi Uzbekistana i Turkmenistana - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Toshkent va Ashxobod 250 mln dollarlikdan ortiq shartnoma imzoladi

Oʻzbekiston tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayevning soʻzlariga koʻra, savdo uylarining ochilishi savdo hajmini yanada oshirishga yordam berib, Oʻzbekiston va Turkmaniston ishbilarmon doiralari oʻrtasida aloqalarni oʻrnatish uchun sharoit yaratadi.

Hujjat Turkmaniston prezidenti Gurbonguli Berdimuhamedovning Oʻzbekistonga davlat tashrifi doirasida imzolandi.

Xabarda aytilishicha, Oʻzbekiston tashqi savdo vazirligi va Turkmaniston savdo va tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi oʻrtasida jami 17 ta kelishuv imzolangan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala