Iqtisod

AvtoVAZ Oʻzbekistonda yil oxirigacha 3 mingdan ortiq avtomobil sotmoqchi

© SputnikVыstavka mashin "Avtovaz"
Vыstavka mashin Avtovaz - Sputnik Oʻzbekiston
Savdoning asosiy qismi "Lada Granta", 4x4 va boshqa byudjet modellarga toʻgʻri keladi.

TOSHKENT, 25 apr — Sputnik. Rossiyaning AvtoVAZ kompaniyasi yil oxiriga qadar 3 mingdan ortiq avtomobil sotishni moʻljallamoqda, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

"Avtovaz"ning eksport savdolari boʻyicha menejeri Ilya Semakinning aytishicha, Oʻzbekiston bozori xorijlik ishlab chiqaruvchilar uchun yetarlicha yopiq hisoblanadi, bu yerda asosiy oʻrinni GM egallaydi. Ammo uning qayd etishicha, Rossiya kompaniyasi oʻzi haqida baland ovozda maʼlum qilishni koʻzlagan va bir-ikki yildan soʻng Oʻzbekiston koʻchalarida AvtoVAZ mashinalarini tez-tez uchratish mumkin boʻladi.

Emblema UAZ na avtomobile - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
UAZ Oʻzbekistonda ishlab chiqarish imkoniyatlarini oʻrganmoqda

"Avvalgi yillarda biz yiliga 100ta atrofida mashina sotganmiz. Oʻtgan yili katta oʻsish kuzatildi, ming donaga yaqin avtomobil sotildi. Bunga bozorning ochilishi, aktsiz toʻlovlarining bir qismi yengillashtirilganligi sabab boʻldi. Joriy yil oxirigacha 3-4 ming dona avtomobil sotmoqchimiz. Savdoning asosiy qismi "Lada Granta", 4x4 va boshqa byudjet modellarga toʻgʻri keladi", — dedi Expo-Russia Uzbekistan 2018 koʻrgazmasi doirasida Sputnik muxbiri bilan suhbatda Ilya Semakin.

Keyinchalik butun respublika boʻylab dilerlik markazlari tarmogʻini yaratish rejalashtirilgan. Hozirda dilerlik tarmoqlari toʻrtta boʻlib, ular Toshkent, Samarqand va Qoraqalpogʻistonda faoliyat koʻrsatadi. Yil oxiriga qadar yana toʻrtta avtosalon ochish rejalashtirilmoqda.

"AvtoVAZ" guruhi Renault-Nissan-Mitsubishi alyansi tarkibiga kiradi va LADA, Renault, Nissan, Datsun brendlari ostida avtomobillar ishlab chiqaradi. Guruhning ishlab chiqarish maydonlari Tolyattida (PAO "Avtovaz") va Ijevskda ("LADA Ijevskiy avtomobilnыy zavod") joylashgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala