Qudratilla Rafikov: Oʻzbekistondagi islohotlarning miqyosi jihatidan muqobili yoʻq

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMejdunarodnaya konferentsiya organizovannaya po initsiative Federatsii profsoyuzov RUz
Mejdunarodnaya konferentsiya organizovannaya po initsiative Federatsii profsoyuzov RUz - Sputnik Oʻzbekiston
Toshkentda Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tashabbusi bilan oʻtkazilgan xalqaro konferentsiyada Federatsiya raisi Qudratilla Rafikov dunyoning koʻplab nufuzli siyosatchilari va ekspertlari bugungi kunda Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning miqyosi jihatidan muqobili yoʻq ekanligini eʼtirof etishayotganini taʼkidladi

TOSHKENT, 28 apr — Sputnik. Bugungi kunda Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning miqyosi jihatidan muqobili yoʻq, deb taʼkidladi Toshkent shahrida Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari tomonidan tashkillashtirilgan xalqaro anjumanda Federatsiya raisi Qudratilla Rafikov.

Flag Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston dunyoni oʻziga chorlayapti, yopiqlikdan ochiq pragmatik siyosat sari yuzlanmoqda

Nufuzli anjumanda Oʻzbekistonda olib borilayotgan tizimli islohotlar har bir insonga, uning kundalik ehtiyojlarini hal etishga yoʻnaltirilganligi bois, roʻy berayotgan oʻzgarishlar Oʻzbekiston xalqi tomonidan qoʻllab-quvvatlab kelinayotganiga urgʻu berildi. Mamlakatda "Inson manfaatlari barcha narsadan ustun" degan oliyjanob gʻoyani hayotga tatbiq etishga, aholi farovonligini izchil oshirib borishga yuksak eʼtibor qaratilayotgani taʼkidlandi. 

Xalqaro ekspertlar Oʻzbekistonda iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda yirik oʻzgarishlar roʻy berayotgani, Davlat rahbari tashabbusi bilan har bir inson va har bir oilaning hayotiy manfaatlariga daxldor boʻlgan eng muhim ijtimoiy masalalarni hal etish uchun maqsadli dasturlar amalga oshirilayotganini eʼtirof etdilar.

Forumda Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan oʻzgarishlarni yaqqol koʻrsatib beruvchi qator raqam va faktlar keltirib oʻtildi. Oʻzbekistonda olib borilayotgan tizimli islohotlar natijasida qishloq aholisi salmoqli yordam olish bilan birga turli imtiyozlarga ega boʻlayotani taʼkidlandi.

Jizn v Respublike Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
2018 yilda Oʻzbekistonni nimalar kutmoqda?
Xorijiy ekspertlar Oʻzbekistonda ijtimoiy-mehnat munosabatlari sohasida erishilgan natijalar ham tahsinga sazovor ekanligini, Oʻzbekistonda kechayotgan bugungi oʻzgarishlar mamlakat yangi tarixini boshlab bergani, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va boshqa sohalarda yuz berayotgan ulkan yangilanishlar mamlakatning dunyo hamjamiyati bilan tom maʼnoda integratsiyalashuvini taʼminlayotganini eʼtirof etdilar. Natijada bugun Oʻzbekiston dunyoni oʻziga chorlayotgani, yopiqlikdan ochiq pragmatik siyosat sari yuzlanayotgani alohida taʼkidlandi.

Xalqaro konferentsiyada anjuman ishtirokchilariga Xalqaro Mehnat Tashkiloti Bosh direktori Gay Rayder va Xalqaro kasaba uyushmalari Konfederatsiyasi Bosh kotibi Sharan Barrou tomonidan yoʻllangan videomurojaat namoyish etildi.

Anjuman ishtirokchilari mamlakatdagi ijobiy oʻzgarishlar har kuni va har qadamda yuz berayotganini, bugungi islohotlarning alohida xususiyati — ularning barcha jabha va sohalarni birdek qamrab olganida ekanligini ham alohida taʼkidlashdi. Mazkur yoʻnalishlardagi ishlar puxta oʻylangan davlat dasturlari asosida hal etilayotgani eʼtirof etildi.

Rekonstruktsiya trassы, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Yaqin 25 yil ichida sayyoramizda ish oʻrinlari qirq yetti foizga qisqarishi kutilmoqda
Konferentsiyada albatta, bunday yangilanishlar bugun barcha sohada yuz koʻrsatayotgani, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi ham oʻz faoliyatini 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi doirasida tashkil etib, aholi farovonligi yoʻlida izchil ishlar olib borayotgani taʼkidlandi. Mazkur yoʻnalishlardagi tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi va Savdo-sanoat palatasi oʻrtasida imzolangan Bosh kelishuvga kiritilgani, Bosh kelishuv asosida 100 dan ortiq tarmoq kelishuvlari, 14 ta hududiy kelishuv va bevosita korxona, tashkilot va muassasalarda 171 mingdan ortiq jamoa shartnomalari amal qilayotgani qayd etildi.

Tadbirda taʼkidlanganidek, mazkur lokal hujjatlarning barchasi xodimlar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan kompleks tadbirlarni oʻz ichiga olgan.

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari mazkur lokal hujjatlarga muvofiq: xodimlarning real daromadlarini bosqichma bosqich oshirish; mehnat bozorida talab mavjud boʻlgan kadrlarni tayyorlash tizimini kengaytirish; ish bilan band boʻlmagan aholi vakillarini kasbga oʻqitish va qayta oʻqitish ishlarida hamkorlik koʻrsatmoqda.

Kasaba uyushmalari Federatsiyasining dasturiy hujjatlariga koʻra, aholi ijtimoiy himoyatalab qatlamlarining ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoyalashga koʻmaklashish, yolgʻiz keksalar, pensionerlar, nogironligi boʻlgan shaxslar, imkoniyati cheklangan bolalar, kam taʼminlangan va koʻp bolali oilalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirishda davlat organlari, ish beruvchilar bilan hamkorlik qilish, bandlikning noanʼanaviy shakllarida mashgʻul kishilar hamda ularning oila aʼzolari ijtimoiy himoyasiga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻnalishlarida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Federatsiya faoliyati bugun birgina ish beruvchi va ishchi munosabatlari bilangina cheklanib qolayotgani yoʻq. Taʼbir joiz boʻlsa, inson manfaati, uning yashash, mehnat qilish borasidagi huquqlarini taʼminlashning koʻp qirrali jihatlarida kasaba uyushmalari bevosita ishtirokchi, oʻz soʻzi va oʻrniga ega tashkilotga aylanib ulgurdi.

Kaski rabochix na zavode - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda kasaba uyushmalari haqidagi xalqaro konventsiya kuchga kirdi
Tadbirda Oʻzbekiston oʻzi toʻplagan va xalqqa, keng jamoatchilikka manzur va maʼqul boʻlayotgan tajribasini dunyo jamoatchiligi eʼtiboriga yetkazishi, bu boradagi jahon hamjamiyati eʼtibori va diqqat markazidagi muammolarni muhokama qilish, ularning yechimi boʻyicha tajribalarni oʻrtoqlashishga tayyorligi alohida qayd etildi.

Anjuman ishida Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT), Xalqaro kasaba uyushmalari Konfederatsiyasi (XKUK), Xalqaro kasaba uyushmalari Konfederatsiyasi Umumevropa mintaqaviy kengashi, Xalqaro ish beruvchilar tashkiloti rahbarlari, 30 dan ortiq mamlakatdan nufuzli xalqaro ekspertlar va yirik olimlar, Oʻzbekistonda akkreditatsiyadan oʻtgan diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar vakillari, horijiy davlatlarning kasaba uyushma markazlari mutasaddilari ishtirok etdilar.

Anjuman yauni boʻyicha Toshkent Xalqaro konferentsiyasi Rezolyutsiyasi qabul qilindi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala