Toshkentda skuterli patrul xizmati paydo bo‘ldi

© Foto: press-slujba GUVDV Tashkente poyavilsya unikalniy patrul na skuterax
V Tashkente poyavilsya unikalniy patrul na skuterax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Skuterlar post-patrul xizmati uchun juda qulay transport vositasi deb baholanmoqda: manyovrli - tor ko‘chalarda yoki avtomobillar orasidan yengil harakatlanishi mumkin, tejamkor - 100 km -2 litr yonilg‘i sarflaydi, tovushi past - tungi vaqtda holi tinchini buzmasdan harakatlanish mumkin.

TOShKENT, 30 apr — Sputnik. Toshkent shahrida motorollerli post-patrul xizmati ishga tushdi, deb xabar qilmoqda IIBB matbuot xizmati.

Ayni damda, skuterli patrullar poytaxtning markazi — Amir Temur xiyoboni va uning yon atrofi, Forumlar saroyi va “Hyatt Regency” mehmonxonasi hududida tajriba tariqasida xizmat vazifalarini o‘tashmoqda.

IIBB xabarida aytilishiga ko‘ra, post-patrul xizmatida motorollerlardan foydalanish juda qulay, chunki tor ko‘cha yoki tirbandlik bo‘lgan yo‘llardan yengil harakatlanishi mumkin. Ustiga-ustak skuter juda tejamkor bo‘lib u 100 km masofaga bor yo‘g‘i 2 litr yonilg‘i sarflar ekan. Shuningdek uning yana bir  qulaylik tomoni – uning tovushining juda pastligidir. Bu unga tungi vaqtlarda aholini bezovta qilmagan holda xizmat o‘tash imkonini beradi.

© Foto: press-slujba GUVDPost-paturl xizmati
V Tashkente poyavilsya unikalniy patrul na skuterax - Sputnik O‘zbekiston
Post-paturl xizmati

Mahalliy aholi “PPX” yozuvli motorollerda yurgan IIB xodimlariga ijobiy bahi berishga ulgurishgan. Xususan, ijtimoiy tarmoqlarda skuterli post-patrul xizmatlari tasvirlangan fotosurat ostiga “Bravo!”, ”Ajoyib foto, yo‘l tirband bo‘lishiga qaramay bemalol harakatlanishmoqda“, ”Barakalla, buni yanada ko‘paytirish kerak!”, “Ekologiyaga sal bo‘lsada foydasi bor, lekin”, “Nihoyat qonun himoyachilarining xalq uchun xizmat qila boshlaganiga guvoh bo‘lyapmiz”, “Juda chiroyli” kabi izohlar qoldirishgan.

Yangiliklar lentasi
0