Moliya vazirligi tamaki mahsulotlarining narxi 50 foizga ko‘tarilishini tasdiqlamadi

© Sputnik / Ruslan Krivobok / Mediabankka o‘tishProtsess proizvodstva sigaret.
Protsess proizvodstva sigaret. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Moliya vazirligi davlat bujdet tartiblari hamda tamaki mahsulotlariga nisbatan qo‘llaniladigan aksiz solig‘i stavkalari bo‘yicha batafsil izoh berdi.

TOShKENT, 1-may — Sputnik. Moliya vazirligi tamaki mahsulotlarining narxlari 50 foizga oshirilishi to‘g‘risidagi xabarni tasdiqlamadi.

Molodie lyudi vibirayut sigareti v tabachnom larke - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda tamaki mahsulotlar narxi 50 foizga oshadi

Moliya vazirligining xabariga ko‘ra, 2018-yil uchun aksiz solig‘i stavkalari O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi "O‘zbekiston Respublikasi Davlat Bujdetining 2018-yil uchun asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkich va parametrlari prognozi to‘g‘risida"gi qarori asosida belgilangan bo‘lib, aprelda qayta ko‘rib chiqilmagan.

"Aksiz markalarining narxi ko‘tarilishi 2018-yil 1-yanvardan amalga oshirilgan, ular mutloq summada o‘rnatilganligi munosabati bilan ularning narxlari qaytadan oshirilishi to‘g‘risidagi axborot hech narsa bilan asoslanmagan", — deyilgan xabarda. 

Bundan tashqari, Moliya vazirligi 2018-yil 1-yanvardan jismoniy shaxslardan undiriladigan mol-mulk solig‘i qonun hujjatlarga muvofiq kadastr qiymati asosida hisob-kitob qilinishi qayd etilgan. Shu munosabat bilan mol-mulk solig‘i stavkasi qayta ko‘rib chiqilib, 0,2 foiz miqdorida belgilangan (2017 yilda bu stavka qiymati — 1,7 foiz bo‘lgan).

Yuqorida qayd etilgan prezident qarorida kadastr qiymati asosida kadastr qiymati asosida mol-mulk solig‘ini hisoblashga o‘tish davrida soliq yukining keskin o‘sishini oldini olish maqsadida — jismoniy shaxslar mol-mulki solig‘i summasi kadastr qiymati asosida hisoblangan summasi 2017-yilda hisoblangan soliq summasidan 1,2 baravardan ortiq oshmasligi qayd etilgan.

Yangiliklar lentasi
0