Jamiyat

Oʻzbekistonda oliy taʼlim muassasalari xodimlarining maoshi oshiriladi

© SputnikKoshelek s dengami
Koshelek s dengami - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oliy taʼlim muassasasi professor-oʻqituvchilari va ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimlari tarkibining barcha bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari sezilarli oshirilishini nazarda tutadi.

TOSHKENT, 1 may — Sputnik. Respublika oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi prezident qarori qabul qilindi, deb xabar qildi Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali.

Mazkur qaror 81 ta oliy taʼlim muassasasi professor-oʻqituvchilari va 136 ta ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimlari tarkibining barcha bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari sezilarli oshirilishini nazarda tutadi.

Jumladan, 2018 yil 1 sentyabrdan boshlab bazaviy lavozim maoshlari miqdorlarini tabaqalashtirilgan holda:

Sdacha YEGE po matematike v Gimnazii nomer 4 v Karachayevske - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda taʼlim sohasiga qancha mablagʻ ajratiladi

— oliy taʼlim muassasalari rahbar xodimlari va professor-oʻqituvchilarining — oʻrtacha 25 foizga va stajer-oʻqituvchi hamda fan doktori ilmiy darajasiga ega professor ish haqining miqdorlari oʻrtasidagi tafovutni ikki baravargacha oshirish;

— ilmiy-tadqiqot muassasalarining fundamental, amaliy tadqiqotlar ilmiy-texnik dasturlarini amalga oshirish va innovatsiya ishlarida ishtirok etayotgan ilmiy xodimlarining — oʻrtacha 25 foizga va stajyor-tadqiqotchi hamda fan doktori ilmiy darajasiga va professor ilmiy unvoniga ega bosh ilmiy xodim ish haqining miqdorlari oʻrtasidagi tafovutni ikki baravargacha oshirish;

— bazaviy doktoranturada taʼlim olayotgan shaxslarga — ilmiy unvon yoki ilmiy darajaga ega boʻlmagan (2 yilgacha ilmiy faoliyat tajribasiga ega boʻlgan) kichik ilmiy xodimning lavozim maoshi bazaviy miqdorlariga tenglashtirilgan stipendiyalar;

— doktoranturada taʼlim olayotgan shaxslarga — fan nomzodi (yoki falsafa doktori (PhD) darajasiga va xorijiy davlatlarning tegishli mutaxassislik boʻyicha unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga) ilmiy darajasiga yoki ilmiy unvonga ega boʻlgan yetakchi ilmiy xodimning lavozim maoshi bazaviy miqdorlariga tenglashtirilgan stipendiyalar toʻlanishi belgilab qoʻyildi.

Yangiliklar lentasi
0