Hodisalar

Almatida qizlarga uyqu dori beruvchi "oshiq" sakkiz yilga qamaldi

© Sputnik / Mixail Mordasov / Fotobankka oʻtishVlyublennыe na beregu Chernogo morya
Vlyublennыe na beregu Chernogo morya - Sputnik Oʻzbekiston
U ijaraga olingan kvartirada qizlar bilan uchrashib, ularni uyqu dori yordamida uxlatgan hamda bor buyum va pullarini oʻgʻirlab ketgan.

TOSHKENT, 3 may — Sputnik. Almati sudi qizlarni uyqu dori yordamida uxlatib, soʻngra tunash bilan shugʻullangan oʻzbekistonlik fuqaroni 8 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda Sputnik Qozogʻiston xabar bermoqda.

Dollarы SSHA - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Toshkentda ikki firibgar 1 mln 750 ming dollarni oʻzlashtirib yubordi

Xabarda aytilishicha, erkak oʻtgan yilning noyabrida politsiya tomonidan qoʻlga olingan. Maʼlum boʻlishicha, u tanishuv saytlarida qizlar bilan tanishib, yozishib yurgan. Soʻngra ijaraga olingan kvartirada uchrashib, ularni uyqu dori yordamida uxlatgan hamda bor buyum va pullarini oʻgʻirlab ketgan.

Ish Almati sudida yopiq tartibda koʻrildi.

Sud hukmiga koʻra u "Talonchilik" va "Jinsiy koʻrinishdagi zoʻravonlik harakatlari" moddalari boʻyicha aybdor deb topilgan.

Sud uni 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm chiqardi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala