Medvedev Oʻzbekiston Hukumati rahbarini yaqinlashib kelayotgan Gʻalaba bayrami bilan tabrikladi

© Sputnik / Aleksandr Astafyev / Fotobankka oʻtishPredsedatel pravitelstva RF Dmitriy Medvedev i premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov (sprava) vo vremya vstrechi
Predsedatel pravitelstva RF Dmitriy Medvedev i premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov (sprava) vo vremya vstrechi - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya Bosh vaziri MDH davlatlari Hukumat rahbarlariga oʻzining tabrik telegrammasini yubordi

TOSHKENT, 3 may — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi Bosh vaziri Dmitriy Medvedev Oʻzbekiston, Turkmaniston, Tojikiston, Moldaviya, Qozogʻiston, Belarus, Armaniston, Ozarbayjon, shuningdek, Abxaziya va Janubiy osetiya Hukumat rahbarlarini yaqinlashib kelayotgan Ulugʻ Vatan urushidagi Gʻalabaning 73 yilligi sanasi bilan tabrikladi.

Shavkat Mirziyoyev: vaqt oʻtgan sari Shomahmudovlar oilasi koʻrsatgan qahramonlikning ahamiyati va qadri tobora oshib bormoqda. - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Mirziyoyev: Shomahmudovlar oilasi qahramonligining ahamiyati va qadri tobora oshib bormoqda
Bu haqda Rossiya Vazirlar Mahkamasi matbuot-xizmati xabar qilmoqda.

"Maktubda bizning mamlakatlarimiz fuqarolarini birlashtirib turuvchi Buyuk Gʻalaba xotirasi haqida gap borgan. Ulugʻ Vatan urushi askarlarining jasorati va mardonavorligi, front ortida mehnat qilganlarning jonbozligi hozirgi va kelajak avlodar qalbida umrbod qolishi taʼkidlangan", — deyiladi xabarda.

Medvedev urush yillari sinovlari tufayli yuzaga kelgan mustahkam doʻstlik anʼanalari bundan keyin ham davlatlararo munosabatlarning ishonchli asosi boʻlib xizmat qilishiga ishonch bildirgan.

Bundan tashqari, Rossiya Bosh vaziri oʻz hamkasblaridan oʻzining dil istaklarini urush qatnashchilari va front ortida xizmat koʻrsatgan insonlarga yetkazib qoʻyishni iltimos qilgan. Medvedev urush faxriylariga baxt, farovonlik va uzoq umr tilagan, ularni cheksiz hurmat qilishini va ular koʻrsatgan tengsiz qahramonlik uchun minnatdorligini bildirgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala