Migratsiya

Besh yil ichida Rossiya fuqaroligini olgan oʻzbekistonliklar soni 2 baravarga koʻpaydi

© Sputnik / Maksim BogodvidPasport RF
Pasport RF - Sputnik Oʻzbekiston
2012-2017 yillarda Rossiya fuqaroligi olgan xorijiy fuqarolar soni deyarli 3 baravarga (95,7 mingdan 257,8 minggacha) koʻpaydi.

TOSHKENT, 3 may — Sputnik. 2017 yilda Oʻzbekiston Rossiya fuqaroligi olgan davlatlar beshtaligiga kirdi, deb xabar qildi RT IIV maʼlumotlariga asoslangan holda.

Poluchit patent v Mnogofunktsionalnom Migratsionnom Tsentre Moskvы v Saxarovo (russkiy yazыk) - Sputnik Oʻzbekiston
Migratsiya
Oʻzbekiston va Rossiya migrantlar uchun patent olishni soddalashtirdi

2012-2017 yillarda Rossiya fuqaroligi olgan xorijiy fuqarolar soni deyarli 3 baravarga (95,7 mingdan 257,8 minggacha) koʻpaydi.

2017 yilda 85,1 ming nafar Ukraina fuqarolariga Rossiya pasporti berildi. 2012 yil bilan solishtirilsa 8 baravar koʻpayganligini koʻrish mumkin.

Ikkinchi oʻrinni Qozogʻiston fuqarolari (40,7 ming) egallashdi. Soʻnggi besh yil ichida bu koʻrsatkich 3 baravarga koʻpaydi (2012 yilda atigi 14,6 ming fuqaroga Rossiya pasporti berildi).

2017 yilda 29,0 ming nafar Tojikiston fuqarolari Rossiya fuqaroligi olishdi (2012 yilda 9,8 ming nafar fuqaro olgan).

Beshinchi oʻrinni Armeniya (2017 yilda 25,1 ming kishi, 2012 yilda 13,1 ming kishi) va Oʻzbekiston (2017 yilda 23,3 ming kishi, 2012 yilda — 13,4 ming kishi) egallashgan.

Xorijiy fuqarolar Rossiya fuqaroligini olish boʻyicha umumiy va soddalashtirilgan tartib asosida amalga oshiriladi.

Umumiy tartib asosida birinchi navbatda 3 yil muddatga vaqtincha yashash ruxsatnomasini olish zarur boʻladi. Keyinchalik besh yillik muddatga "yashash uchun ruxsatnoma" (vid na jitelstvo) ruxsat soʻrash mumkin boʻladi. Shundan soʻng, xorijiy fuqaro Rossiya pasportni olish uchun hujjatlarni topshirish huquqiga ega boʻladi.

2017 yilda Rossiyada vaqtincha yashash kvotasi — 110,8 ming boʻlgan (2012 yilda bu koʻrsatkich nisbatan kam — 105,8 ming boʻlgan).

Soddalashtirilgan tartib asosida fuqarolikni olish muddatini bir yilga va undan kamiga qisqartirish mumkin. Masalan, bu imkoniyatdan Rossiya fuqarolari bilan turmush qurgan xorijiy fuqarolar foydalanishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala