KXDR birinchi marta o‘z yadroviy salohiyatini xalqaro kuzatuvchilarga ko‘rsatadi - OAV

© KRT via AP Video Severokoreyskiy lider Kim Chen In
Severokoreyskiy lider Kim Chen In - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shimoliy Koreya mintaqalararo ballistik raketalarini yo‘q qilishga hamda xalqaro kuzatuvchilarni o‘zining yadroviy qurollari saqlanadigan hududga kiritishga rozilik bergan

TOShKENT, 3-may — Sputnik. Shimoliy Koreya ilk marotaba o‘zining yadroviy qurollari saqlanadigan hududga xalqaro kuzatuvchilarni kiritadi, u shuningdek o‘zining mintaqalararo raketalarini yo‘q qilishga tayyor deb xabar qildi "Asaxi" nashri o‘z manbasiga tayangan holda. RIA Novosti xabariga asosan.

Lideri KNDR i Yujnoy Korei Kim Chen In i Mun Chje In - Sputnik O‘zbekiston
Janubiy Koreya rahbari Kim Chen Inga ichida yangi iqtisodiyot loyihasi bo‘lgan fleshkani topshirdi
Mamlakatni yadro qurolidan xoli hududga aylantirish shartlari va usullari ayni vaqtda KXDR va AQSh o‘rtasida oliy darajadagi uchrashuvlarga tayyorgarlik munosabati bilan muhokama qilinmoqda.

Nashr xabariga ko‘ra, uch kishidan — SRU xodimlari va yadrochi-mutaxassislardan — iborat guruh aprel oyi oxirida KXDRga tashrif buyurgan va u yerda bir haftacha bo‘lib turgan.

Bu tashrifning natijasi o‘laroq Shimoliy Koreya mintaqalararo ballistik raketalarini yo‘q qilishga hamda xalqaro kuzatuvchilarni o‘zining yadroviy qurollari saqlanadigan hududga kiritishga rozilik bergan.

Shu bilan birga, yadroviy qurolni yo‘q qilish muddatlari va Shimoliy Koreya "buning evaziga" nimaga ega bo‘lishi masalalari, nashrning yozishicha, ayni vaqtda muhokama jarayonida.

Eslatib o‘tamiz, 27-aprel kuni KXDR va Janubiy Koreya yetakchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng Kim Chen In va Mun Chje In Koreya yarim orolini yadro qurolidan xoli hududga aylantirish haqida qo‘shma bayonot qilgan e’lon qilgan edilar.

Yangiliklar lentasi
0