Dunyoda

Qovurilgan goʻsht, quyruq va chakki – Rossiyaga nimalar olib kirish taqiqlangan

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Fotobankka oʻtishProdaja tvoroga
Prodaja tvoroga - Sputnik Oʻzbekiston
Irkutsk aeroportida Rossiya Qishloq xoʻjalik nazorati xizmati tomonidan 10 kgdan ortiq goʻsht va yogʻ mahsulotlari yoʻq qilindi.

TOSHKENT,  3 may – Sputnik. Oʻtgan haftada Irkutsk xalqaro aeroportida 14 kg hajmda qurutilgan mevalar hamda yongʻoq mahsulotlari aniqlanib, yoʻq qilindi, deb xabar qilmoqda Rossiya Qishloq xoʻjalik nazorati xizmati.

Irkutsk viloyati va Buryatiya oʻlkasi boʻyicha Rosselxoznadzor xabariga koʻra, ushbu mahsulotlar qonunda belgilangan hujjatlari boʻlmagani tufayli yoʻq qilingan.

Kak v Rossii unichtojayut sanktsionnыe produktы - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Xabarovsk aeroportida 440 kg Oʻzbekiston mevalari yoʻq qilindi

Undan tashqari oʻtgan haftada Rostov-na-Donu shahri aeroportida Rosselxoznadzor  inspektorlari Oʻzbekiston va Tojikistondan kelgan yoʻlovchilar qoʻl yuklarida 10 kgdan ortiq qovurilgan goʻsht, quyruq, chakki va sariyogʻ mahsulotlarini aniqlashgan. Ushbu mahsulotlar ham belgilangan hujjatlarga ega boʻlmagani tufayli yoʻq qilingan.

Eslatib oʻtamiz, Rossiya hududiga shaxsiy foydalanish uchun umumiy vazni 5 kilogrammgacha boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari olib kelish mumkin. Goʻsht, sut, pishloq kabi chorvachilik mahsulotlari ham olib kirishga ruxsat berilgan, lekin ushbu mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxona upakovskasida boʻlishi kerak. Uyda tayyorlangan yoki bozorda sotib olingan, etiketkasi boʻlmagan mahsulotlar belgilangan tartibdagi sertifikatga ega boʻlishi kerak.

Shuningdek, dunyoning biror hududida epidemiologik holat yuz bergan vaqtlarda Rosselxoznadzor ushbu hududlardan oziq-ovqat mahsulotlari olib kelishni vaqtincha taqiqlab qoʻyishi mumkin. Rossiyaga olib kirish mumkin boʻlgan mahsulotlar haqida quyida batafsil maʼlumot olish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala