Dunyoda

Suriyada Rossiyaning qiruvchi samolyoti halokatga uchradi: ikki nafar uchuvchi halok boʻldi

© Sputnik / Vitaliy TimkivMnogotselevoy istrebitel Su-30SM na sorevnovaniyax v ramkax Mejdunarodnogo konkursa «Aviadarts-2018» v Krasnodarskom kraye
Mnogotselevoy istrebitel Su-30SM na sorevnovaniyax v ramkax Mejdunarodnogo konkursa «Aviadarts-2018» v Krasnodarskom kraye - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya mudofaa vazirligining dastlabki maʼlumotlarga koʻra, aviahalokatning sababi - samolyot dvigateliga qush kirib ketgan boʻlishi mumkin.

TOSHKENT, 3 may — Sputnik. Suriyada Xmeymim aerodromidan uchib chiqqan Rossiya Su-30SM samolyoti halokatga uchradi. Ikki nafar uchuvchi halok boʻldi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Brifing S. Rudskogo po situatsii v Sirii - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiya Suriyada urib tushirilgan "aqlli" raketalar parchalarini namoyish etdi

"Moskva soat 9:45 yaqin Xmeymim aerodromidan uchib chiqqan Su-30SM qiruvchi samolyot Oʻrta yer dengizi tepasidan balandlikka koʻtarilayotganda halokatga uchradi. Uchuvchi oxirigacha samolyotni qutqarishga harakat qildilar. Voqea joyidan kelgan xabarlarga koʻra, ikki nafar uchuvchi halok boʻldi", — deyilgan xabarda.

Rossiya mudofaa vazirligining dastlabki maʼlumotlarga koʻra, aviahalokatning sababi — samolyot dvigateliga qush kirib ketgan boʻlishi mumkin. Samolyot hech qanday oʻq-otar hujum boʻlmagan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala