Jamiyat

Vazir Sherzod Kudbiyev: Oʻzbekistonda ish oʻrinlariga davlat buyurtmasi tuziladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMinistr zanyatosti i trudovыx otnosheniy Uzbekistana Sherzod Kudbiyev
Ministr zanyatosti i trudovыx otnosheniy Uzbekistana Sherzod Kudbiyev - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev soʻzlariga koʻra, ish oʻrinlar va ishsizlik darajasi oʻrtasidagi nomunosiblik iqtisodiyot va mehnat bozorida kiyinchiliklar yuzaga keltirmoqda.

TOSHKENT, 4 may — Sputnik. 2018 yil 25 aprel kuni Toshkentda Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tashabbusi bilan "Harakatlar strategiyasi va kuchli ijtimoiy siyosat: xalqaro amaliyot va Oʻzbekiston tajribasi" mavzuida xalqaro konferentsiya Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev aholini ish bilan taʼminlash sohasida kutilayotgan muhim yangiliklar haqida gapirdi. Bu haqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri xabar qildi.

"Vazirlik mehnat bozori holatini puxta tahlil qilish asosida ish oʻrinlarni tashkil etish va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini ish bilan taʼminlash kvotalari boʻyicha davlat buyurtmasini shaklantirishni nazarda tutadi", — dedi Sherzod Kudbiyev.

Bundan tashqari, vazir sohaga axborot texnologiyalarini keng joriy etish, yagona milliy mehnat tizimini yaratish rejalashtirilganligini alohida taʼkidlab oʻtdi.

Mejdunarodnaya konferentsiya organizovannaya po initsiative Federatsii profsoyuzov RUz - Sputnik Oʻzbekiston
Tanzila Norboyeva Oʻzbekiston ayollarini kutayotgan muhim yangilik haqida gapirdi

"Hozirgi kunda barcha davlat idoralari maʼlumotlar bazasi bilan bogʻlangan yagona dastur majmuasini ishlab chiqish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar tayyorlanmoqda", — dedi u.

Yangi dastur yordamida ish beruvchi va ishga kirayotgan xodim bilan elektron shaklda mehnat shartnomasini rasmiylashtirish mumkin boʻladi. Bundan tashqari, ushbu dastur xodimning ish staji haqidagi maʼlumotlarni yigʻish hamda elektron mehnat daftarchasini yurishish imkoniyati yaratiladi.

"Shu oʻrinda biz Xalqaro mehnat tashkiloti, Rossiya Federatsiya va ayniqsa Ozarbayjon Respublikasi hamkasblar yordamiga umid qilamiz", — dedi vazir.

Yangiliklar lentasi
0