TOShKENT, 8-may — Sputnik. Jorjtaun universiteti professori Metyu Kroyenig o‘zining "Amerikacha strategiya mantig‘i: nima uchun strategik ustunlik muhim" deb nomlangan kitobida Rossiyaning AQSh bo‘ylab beradigan ikkita keng ko‘lamli yadroviy zarbalari oqibatlarini prognozlashtirib chiqdi. Bu haqda National Interestga tayangan holda RIA Novosti xabar qilmoqda.
Olim ta’kidiga ko‘ra, ushbu raqamlarda Rossiyaning AQSh tomonidan bo‘ladigan javob zarbasini qaytarishi ham hisobga olingan.
Rossiya tomonidan bo‘ladigan ikkinchi zarba, agar Vashington kontrzarba oqibatida uning arsenalini qisman yo‘q qilgan taqdirda, 28 million insonning halokati va 12ta shaharning barbod bo‘lishiga olib keladi.
Professorning fikriga ko‘ra, ushbu yo‘qotishlarning oldini olish uchun, AQSh o‘zining yadroviy arsenalini saqlab qolishi lozim. Agar Vashington mintaqalararo ballistik raketalari arsenalini yo‘q qiladigan taqdirda, Rossiyaning birinchi zarbasidayoq AQShning yo‘qotishlari 82 million kishini tashkil etishi mumkin. Nega deganda, bunda Rossiya amerika ballistik raketalaridan o‘zini himoya qilishiga hojat qolmaydi.