Rossiyaga kelgan xorijliklar 1 kun ichida ro‘yxatdan o‘tishlari kerak bo‘ladi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishVidacha vidov na jitelstvo i razresheniy na vremennoe projivanie
Vidacha vidov na jitelstvo i razresheniy na vremennoe projivanie - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jahon chempionati kunlari Rossiyaning ayrim shaharlarida chet el fuqarolarini ro‘yxatdan o‘tkazish muddati 1 kun etib belgilandi.

TOShKENT, 8-may – Sputnik. Ushbu yilning 25-mayidan 25-iyuli orasida Rossiya Federatsiyasining ayrim shaharlariga tashrif buyurayotgan xorij fuqarolari 1 kun ichida ro‘yxatdan o‘tishlari kerak, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi.

“Rossiya prezidenti farmoniga muvofiq, 2018-yilning 25-mayidan 25-iyuligacha Moskva, Sankt-Peterburg, Volgograd, Yekaterinburg, Kazan, Kaliningrad, Nijniy Novgorod, Rostov-na-Donu, Samara, Saransk va Sochi shaharlarida chet el fuqarolarini ro‘yxatga qo‘yish muddati Rossiyaga kirib kelgan kundan e’tiboran 1 kun qilib belgilandi”, — deyilgan xabarda.

 

Xorijiy fuqarolarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini o‘zgartirish futbol bo‘yicha FIFA-2018 Jahon chempionati o‘tkazish bilan bog‘liq. Xususan, Rossiya prezidenti farmoniga muvofiq,  jahon chempionatini o‘tkazish bilan bog‘liq hududlarida hamda ular atrofida kuchaytirilgan xavfsizlik choralari qo‘llaniladi.

Ushbu qoida O‘zbekiston fuqarolari uchun ham taaluqlidir. Shuning uchun Rossiyaga tashrif rejalashtirayotganda yuqorida ko‘rsatilgan o‘zgarishni hisobga olishlari kerak bo‘ladi. Ushbu qoidaga amal qilmagan fuqarolar ma’muriy javobgarlikka tortilishi va kelajakda Rossiya hududiga kirishi ta’qiqlanishi mumkin.

 

Yangiliklar lentasi
0