Jizzaxdagi YTHda to‘rt kishi halok bo‘ldi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishSkoraya pomosh
Skoraya pomosh - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Haydovchi "Neksiya" rusumli avtomashinani M-39 "Toshkent-Termiz" yo‘lining 953-km.da haydab ketayotib uxlab qolishi oqibatida yo‘l chetida to‘xtab turgan "MAN" yuk avtomashinasining tirkamasiga urilib to‘qnashuv sodir etgan

TOShKENT, 9-may — Sputnik. Jizzax viloyatida sodir bo‘lgan bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi, deb xabar berdi O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Xabarda aytilishicha, 8-may kuni Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida haydovchi "Neksiya" rusumli avtomashinani M-39 "Toshkent-Termiz" yo‘lining 953-km.da haydab ketayotib uxlab qolishi oqibatida yo‘l chetida to‘xtab turgan "MAN" yuk avtomashinasining tirkamasiga urilib to‘qnashuv sodir etgan.

Natijada "Neksiya" avtomashinasi haydovchisi va uning bir yo‘lovchisi voqea joyida hamda qolgan ikki yo‘lovchi kasalxonaga keltirilganlarida vafot etgan.

Shuningdek, yana bir yo‘lovchi kasalxonaga yotqizilgan.

Yangiliklar lentasi
0