Jamiyat

Samarqandda yangi institut tashkil etildi

© Sputnik / Igor Zarembo / Fotobankka oʻtishStudentы v auditorii
Studentы v auditorii - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
2018/2019 oʻquv yilida institut magistratura bosqichiga (50 kishi) Oʻzbekiston fuqarolarini qabul qilish toʻliq davlat granti asosida amalga oshiriladi.

TOSHKENT, 10 may — Sputnik. Samarqandda veterinariya meditsinasi instituti tashkil etildi. Bu haqda Oʻzbekiston prezidentining qarori qabul qilindi.

Adliya vazirligining xabar berishicha, qaror bilan Samarqand qishloq xoʻjaligi instituti negizida Samarqand veterinariya meditsinasi instituti tashkil etilib, institut va uning qoshidagi akademik litsey Oliy va oʻrta taʼlim vazirligi tizimiga oʻtkazildi.

Institutda veterinariya va chorvachilik sohasi uchun yangi zamonaviy bilimlarga ega boʻlgan oliy maʼlumotli mutaxassis kadrlar tayyorlanadi.

2018/2019 oʻquv yilida institut magistratura bosqichiga (50 kishi) Oʻzbekiston fuqarolarini qabul qilish toʻliq davlat granti asosida amalga oshiriladi.

Institutning bakalavriat bosqichiga qabul kvotasi 800 kishi, shu jumladan toʻlov-kontrakt asosida 525 kishi, davlat granti asosida 275 kishi etib belgilandi.

Yangiliklar lentasi
0