Samarqandda 6-sinf o‘quvchisi ustiga maktab darvozasi qulab tushishi oqibatida vafot etdi

© Sputnik / Evgeny Epanchintsev / Mediabankka o‘tishKontrolnaya rabota v shkole
Kontrolnaya rabota v shkole - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda

TOShKENT, 10-may — Sputnik. Samarqand shahridagi 71-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchisi ustiga darvoza qulab tushishi oqibatida vafot etgan. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligining ijtimoiy tarmoqdagi guruhida xabar qilindi.

Xabarga ko‘ra, voqea 4-may kuni soat taxminan 12:45larda yuz bergan. 6-sinf o‘quvchisi maktabning orqa tomonidagi eski darvozadan sakrab o‘tayotganda ustiga darvoza qulab tushgan va o‘quvchini bosib qolgan.

Vazirlikning bildirishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda hamda qo‘shimcha ma’lumot berilishi ma’lum qilindi.

Yangiliklar lentasi
0