Malayziya qiroli taniqli muxolifat yetakchisini afv etdi

Obuna bo‘lish
Malayziya qiroli ko‘zga ko‘ringan muxolifatchini afv etdi

TOShKENT, 11-may — Sputnik. Malayziya qiroli Muhammad Beshinchi gomoseksualizm uchun jazo muddatini o‘tayotgan sobiq muxolifatchi yetakchisi Anvar Ibrohimni afv etadi, deb xabar qildi New Straits Times nashri.

AQSh Mudofaa vazirligi - Sputnik O‘zbekiston
Pentagon harbiy xizmatchiga gey-paradda formada qatnashishga ruxsat berdi

Muxolifatchining afv etilishi haqida shu haftada mamlakat Bosh vaziri lavozimiga kirishgan Maxatxir Muhammad xabar bergan.

"Qirol Anvar Ibrohimni zudlik bilan afv etishni xohlashi haqida ko‘rsatma bergan", — deya iqtibos keltirgan nashr Hukumat rahbari so‘zlaridan.

Ilgariroq, The Guardian nashri Malayziyada bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida 92 yashar Maxatxir Muhammad boshchiligidagi muxolifatchilar koalitsiyasi g‘olib bo‘lganini xabar qilgan edi.

1998 yilda Malayziya Bosh vazir o‘rinbosari va Moliya vaziri lavozimlarini egallab turgan muxolifatchi Anvar Ibrohim korrupsiya va gomoseksualizmda ayblanib, 15-yilga ozodlikdan mahrum etilgan. 2004-yilda gomoseksualizm bo‘yicha qo‘yilgan ayblovlar olib tashlangan, va u qamoqdan chiqarilgan. Ammo 2014-yilning mart oyida bir necha yil davom etgan sud ishlaridan so‘ng u baribir gomoseksualizmda aybdor deb tan olingan va besh yillik qamoq jazosiga mahkum etilgan. Ibrohimning o‘zi barcha ayblovlarni rad etib kelgan.

Yangiliklar lentasi
0