Behzod Musayev Davlat soliq qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

© Mejdunarodniy press-klubI.o predsedatelya Gosudarstvennogo nalogovogo komiteta Uzbekistana Bexzod Musayev
I.o predsedatelya Gosudarstvennogo nalogovogo komiteta Uzbekistana Bexzod Musayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qo‘mita raisi vazifasida uzoq yillar ishlab kelgan Botir Parpiyev boshqa ishga o‘tkazildi

TOShKENT, 12-may — Sputnik. Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Behzod Musayev qo‘mita raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Sputnik muxbiriga DSQdagi manba xabar qilgan.

Qo‘mitaning avvalgi rahbari, 71 yoshli Botir Parpiyev 11-may kuni vazifasidan ozod etildi va Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika Kengashi raisining keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Botir Parpiyev qo‘mitaga 14-yil davomida raislik qilib kelgan.

Yangiliklar lentasi
0