Siyosat

Tramp Mirziyoyevga: "Siz bilan Oq uyda uchrashish biz uchun sharaf"

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev i Donald Tramp na vstreche v Belom dome
Shavkat Mirziyoyev i Donald Tramp na vstreche v Belom dome - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oq Uy rahbari Donald Tramp bilan uchrashdi

TOSHKENT, 16 may — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16 may kuni Oq uyda Amerika Qoʻshma Shtatlari prezidenti Donald Tramp bilan uchrashdi, deb xabar qildi Oʻzbekiston prezidenti matbuot-xizmati.

Rukopojatiye - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
AQSH va Oʻzbekiston korxonalari orasida imzolangan shartnomalar roʻyxati

Tramp Mirziyoyevni rasmiy tashrif bilan qutlab, Oʻzbekiston AQSH uchun muhim davlat, strategik sherik ekanini qayd etdi.

"Oʻzbekistonning obroʻ-eʼtibori oshib bormoqda. Siz bilan Oq uyda uchrashish biz uchun sharaf", — dedi AQSH prezidenti.

Shavkat Mirziyoyev taklif uchun minnatdorlik bildirib, AQSH Oʻzbekistonni izchil qoʻllab-quvvatlab kelayotganini taʼkidladi.

"Oʻzbekiston va AQShdagi Prezident saylovlaridan keyin mamlakatlarimiz munosabatlari yangi bosqichga koʻtarildi. Bugun qabul qilinadigan «Oʻzbekiston va Amerika Qoʻshma Shtatlari: strategik sheriklik yangi davrining boshlanishi» nomli Qoʻshma bayonot oʻz nomi va mohiyati bilan koʻp narsani anglatadi. Tomonlarning uzoq kelajakka moʻljallangan intilishlaridan dalolat beradi",  — dedi Oʻzbekiston prezidenti.

Oliy darajadagi ushbu uchrashuv yangicha siyosiy muhitda kechayotgani bilan ahamiyatli. Shavkat Mirziyoyev va Donald Tramp deyarli bir paytda prezidentlik lavozimiga kirishgan, shundan soʻng ikki mamlakat oʻrtasidagi munosabatlar bosqichma-bosqich faollashib kelayotgan edi.

Turli darajadagi delegatsiyalar Oʻzbekiston va AQShda boʻldi. Davlat rahbarlari 2017 yil may oyida Ar-Riyod shahrida va sentyabrda Nyu-Yorkda uchrashdi. Dekabrda boʻlib oʻtgan telefon orqali muloqot chogʻida Donald Tramp Shavkat Mirziyoyevni AQShga rasmiy tashrif buyurishga taklif etgan edi. "Bu davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan islohotlar xalqaro miqyosda tan olinayotganini anglatadi", — deyiladi matbuot-xizmati xabarida.

Yangiliklar lentasi
0