Siyosat

Paragvay AQSH va Gvatemala ortidan oʻz elchixonasini Quddusga koʻchirdi

© Sputnik / Axmet Abed / Fotobankka oʻtishAktsii protesta na granitse sektora Gaza i Izrailya
Aktsii protesta na granitse sektora Gaza i Izrailya - Sputnik Oʻzbekiston
Ochilish marosimida Paragvay prezidenti Orasio Kortes va Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu qatnashdilar

TOSHKENT, 21 may — Sputnik. Shahar maqomi hali hal etilmagan masala boʻlib qolayotganiga qaramay, Paragvay Isroildagi oʻz elchixonasini Quddusga koʻchirgan uchinchi davlatga aylandi.

Prezident Turtsii Redjep Tayip Erdogan - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Islom dunyosi Quddus boʻyicha imtihondan oʻta olmadi, deb bayonot qildi Erdoʻgʻon

Lotin Amerikasi davlati oʻtgan haftada Quddusda oʻz diplomatik missiyalarini ochgan AQSH va Gvatemalaga taqlid qildi.

Ochilish marosimida Paragvay prezidenti Orasio Kortes va Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu qatnashdilar. Ilgari Tel-Aviv yaqinidagi  Gertslii-Pituax shahrida joylashgan boʻlgan elchixona gvatemalaliklarga qoʻshni boʻlgan "Malxa" texnoparkidan joy oldi.

Boshqa mamlakatlar Quddusning hal etilmagan maqomi tufayli hozircha oʻz elchixonalarini Tel-Avivda qoldirishmoqda.

Isroil Quddusni Iordaniyadan yarim asr oldin ajratib olingan va keyinchalik anneksiya qilingan sharqiy tumanlari va tarixiy markazi bilan qoʻshib oʻzining "yagona va boʻlinmas" poytaxti deb atab keladi. Dunyo hamjamiyatining asosiy qismi anneksiyani tan olmaydi va Sharqiy Quddusni Iordan daryosining Gʻarbiy qirgʻogʻi bilan qoʻshgan holda okkupatsiya qilingan hududlar, deb biladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala