Prokuratura Toshkent viloyatida qishloq xo‘jaligidagi qonun buzilishlarini aniqladi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishVesennie polevie raboti na polyax
Vesennie polevie raboti na polyax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uch kishiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

TOShKENT, 22-may — Sputnik. Toshkent viloyati prokuraturasi uch nafar fermerga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Bu haqda viloyat prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Quyichirchiq tumanida faoliyat yurituvchi “Umarxon Yusuf agro lyuks” fermer xo‘jaligi rahbari X.Saydullayev paxta yetishtirish rejalashtirilib, chigit ekilgan 6,5 gektar yer maydonini boshqa ekinlar ekish maqsadida o‘zboshimchalik bilan buzib tashlagan.

“Rustam I” chorvachilik fermer xo‘jaligi rahbari R.Sharapov chorva mollariga ozuqa ekishga ajratilgan 23 gektar yer maydonini fuqarolarni aldab, jami 39 mln so‘mga sotganligi aniqlangan.

“Mahkam Agro fayz” fermer xo‘jaligi rahbari M.Ibragimov paxta ekishga ajratilgan 9 gektar yer maydonini R.Boqiyevga ushbu yer sabzavot hamda dukkakli ekinlar ekish uchun mo‘ljallangan yerligiga uni ishontirib, 9 mln. so‘mga sotgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Quyichirchiq tuman prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bandi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0