Siyosat

Arab ligasi davlatlari Gvatemala bilan hamkorlikni toʻxtatdi

© RIA Novosti / Zaman RamazanovIzobrajeniye flaga Gvatemalы demonstriruyetsya v Iyerusalime v preddverii otkrыtiya posolstva
Izobrajeniye flaga Gvatemalы demonstriruyetsya v Iyerusalime v preddverii otkrыtiya posolstva - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻtgan haftada Gvatemala oʻz elchixonasini Tel-Avivdan Quddusga koʻchirgan birinchi Lotin Amerikasi davlatiga aylangan edi. Bu borada u shunday qaror qabul qilgan dunyodagi ikkinchi davlat boʻldi

TOSHKENT, 23 may — Sputnik. Arab davlatlari ligasi (ADL) oʻz elchixonasini Tel-Avivdan Quddusga koʻchirgani Gvatemala Tashqi ishlar vazirligi bilan oʻzaro anglashuv memorandumini bekor qildi, shuningdek, ushbu Lotin Amerikasi mamlakati bilan hamkorlikni toʻxtatdi.

Prezident Turtsii Redjep Tayip Erdogan - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Islom dunyosi Quddus boʻyicha imtihondan oʻta olmadi, deb bayonot qildi Erdoʻgʻon
Panarab tashkiloti bu haqda chorshanba kuni oʻz rasmiy bayonotida maʼlum qildi.

"ADL Bosh kotibi Ahmad Abul Geytning koʻrsatmalariga asosan tashkilot kotibiyati Gvatemala TIV bilan 2013 yilda imzolangan oʻzaro anglashuv memorandumini bekor qildi, shuningdek, Gvatemala tomonni ushbu mamlakatning Quddus boʻyicha pozitsiyasi tufayli barcha sohalarda hamkorlik davom ettirilmasligi haqida xabardor etdi", — deyiladi hujjatda.

Oʻtgan haftada Gvatemala oʻz elchixonasini Tel-Avivdan Quddusga koʻchirgan Lotin Amerikasi mamlakatlari orasida birinchi, dunyo boʻyicha esa AQShdan keyingi davlatga aylandi. Soʻngra ularga Paragvay ham ergashgan edi.

Sal oldin ALD Quddusni Isroil poytaxti deb tan oladigan AQSH yoki har qanday boshqa davlatga qarshilik koʻrsatish boʻyicha reja ishlab chiqishi haqida maʼlum qilgan edi. Xususan, bunday qadamlarga kelajakda boshqa yoʻl qoʻyilmasligi maqsadida, siyosiy, huquqiy va iqtisodiy choralar ishlab chiqilayotgani aytilgandi.

Quddusning hal etilmagan maqomi tufayli hozircha boshqa davlatlar elchixonalari Tel-Avivda qolmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala