“Moviy gumbazlar” restorani oldidagi xiyobon obodonlashtirilmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPark v Tashkente
Park v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yaqin vaqt ichida huquq tartibot organlari tashabussi bilan bu yerda tuman kollejlari o‘quvchilar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi.

TOShKENT, 23-may — Sputnik. Toshkentda “Moviy gumbazlar” restorani oldidagi xiyobonda obodonlashtirish ishlari boshlab yuborildi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Ushbu hiyobonda 22-may kuni obodonlashtirish ishlarini boshladi.

“Hudud chiqindidan tozalanmoqda, o‘tlar tekislanmoqda, trotuar plitkasi tuzatilmoqda, drenaj tizimi tiklanmoqda, favvoralar ta’mirlanmoqda”, — deb ta’kidlashdi IIBBda.  

Yaqin vaqt ichida  huquq tartibot organlari tashabussi bilan bu yerda tuman kollejlari o‘quvchilar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu xiyobon 1970-yilda qurilgan “Moviy gumbazlar” restorani nomini olgan. Kafe arxitektor Vilya Murotovning loyihasi bo‘yicha qurilgan. Qurilish bilan xizmat ko‘rsatgan quruvchi Pavel Sarkisov shug‘ullangan.

Yangiliklar lentasi
0