Jamiyat

Qozogʻiston oʻzbekistonlik abituriyentlar uchun 10 mingta grant ajratdi

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Qozogʻistonda eʼlon qilingan "Oʻzbekiston yili" tadbiri doirasida Nursulton Nazarbayev oʻzbekistonlik abituriyentlar uchun 10 minga grant ajratdi.

TOSHKENT, 24 may — Sputnik. Qozogʻiston Respublikasi oʻzbekistonlik abituriyentlar uchun 10 mingta grant oʻrinlari ajratdi, deb xabar qilmoqda "Narodnoye slovo" gazetasi.

Bu haqida Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarbayev may oyida Samarqandda boʻlib oʻtgan “Qozogʻiston taʼlimi kunlari” tadbirida xabar qildi.

Oʻzbekistonlik abituriyentlar Qozogʻistonning 30ta institut, universitet va akademiyalarida imtiyozli ravishda iqtisodiy, texnik, tibbiy va gumanitar sohalarda oliy taʼlim olishlari mumkin boʻladi.

Ayni damda Qozogʻiston va Oʻzbekiston orasida oliygohlarida berilgan diplomlarni oʻzaro tan olish boʻyicha muzokaralar olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, 2018 yil Qozogʻistonda Oʻzbekiston yili deb eʼlon qilingan. Ushbu tadbir doirasida yil boshidan buyon bir necha tadbirlar boʻlib oʻtdi. Xususan  mar oyida Ostondada Oʻzbekiston madaniyati kunlari, may oyida Chimkentda oʻzbek-qozoq biznes forumi  va boshqa tadyubirlar boʻlib oʻtmoqda.

Yangiliklar lentasi
0