Hodisalar

Toʻfon tufayli Urgenchga uchgan samolyotlar boshqa aeroportlarga qoʻnishga majbur boʻldi

© Sputnik / Nina ZotinaPosledstviya afrikanskoy peschanoy buri na yuge Rossii.
Posledstviya afrikanskoy peschanoy buri na yuge Rossii. - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston shimoli-gʻarbida koʻtarilgan kuchli chang toʻfoni tufayli samolyotlar zahira aeroportlarga qoʻnishga majbur boʻldi.

TOSHKENT, 27 may – Sputnik. Oʻzbekiston havo yoʻllarining “Toshkent – Urgench – Moskva” yoʻnalishi boʻyicha yoʻlga chiqqan samolyoti Buxoroda qoʻnishga majbur boʻldi, deb xabar qilmoqda komaniya matbuot xizmati.

Aviakompaniya xabariga koʻra, bunga Urgench aeroporti hududida koʻtarilgan kuchli chang toʻfoni sabab boʻlgan. Buxoro aeroportida 4,5 soat kutishdan soʻng samolyot oʻz yoʻnalishi boʻyicha harakatlanishni davom ettirgan.

Ushbu toʻfon sababli kompaniyaning “Toshkent – Urgench – Buxoro” yoʻnalishida amalga oshirilayotgan 1051-sonli parvozi vaqtincha toʻxtatildi. Samolyot Nukus aeroportiga qoʻnishga majbur boʻldi. 4,5 soatdan soʻng u yoʻnalish boʻyicha parvozini davom ettirdi.

   

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala