Hodisalar

Buzoqning yugurgani somonxonagacha, traktor oʻgʻrisiniki-chi?

CC BY-SA 2.0 / t_y_l / P9091079Traktor na avtomobilnoy trasse
Traktor na avtomobilnoy trasse - Sputnik Oʻzbekiston
Toshkent viloyatida traktor oʻgʻrisi uch yildan soʻng qoʻlga olindi.

TOSHKENT, 27 may – Sputnik. Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumanida uch yil oldin traktor oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga olindi, deb xabar qilmoqda IIV matbuot xizmati.   

“2015 yil 26 aprel kuni «Ego Agro Product» fermer xoʻjaligi rahbari A.G. IIBga murojaat qilib, unda 2015 yi 25 aprelga oʻtar kechasi nomaʼlum shaxs shu fermer xoʻjaligi dalasidan TTZ-75 J “New Holland-U” rusumli traktorini oʻgʻirlab ketganligini maʼlum qilgan edi. Koʻrilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Angren shahrida yashovchi, A.E. sodir etganligi aniqlanib ushlandi va undan daliliy ashyo sifatida traktor olindi”, — deyilgan xabarda.

Ushbu munosabat bilan, IIV fuqarolarga oʻz mulkiga ehtiyotkorona munosabatda boʻlishni, qarovsiz qoldirmaslikni maslahat beradi. Oʻzbekiston uchun gʻayrioddiy holat boʻlgan traktor oʻgʻirligi, boshqa mamlakatlarda kam uchraydigan holat emas.

Xususan, Rossiyada qishloq xoʻjaligi va qurilish texnikasini oʻgʻirlash hollari juda koʻp uchraydi. Buning asosiy sababi — ularning qiymati avtomobildan bir necha barobar qimmatligidir. Yaʼni oʻgʻirlikdan moʻmay daromad olish mumkin. Ikkinchidan  bunday texnika koʻp hollarda kerakli tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaydi, davlat belgilariga ega boʻlmaydi. Bu ularni qidirishni mushkullashtiradi.  Uchinchidan ulardan odatda yollangan ishchilar foydalanadi va baʼzi hollarda qarovsiz tashlab ketiladi. Toʻrtinchidan, bu kabi texnikaga signalizatsiya va qoʻriqlash uskunalari oʻrnatilmaydi. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala