Hodisalar

Nukusdagi boʻron vaqtida havodagi chang miqdori meʼyordagidan bir necha marta koʻp boʻlgan

Yakshanba kuni Xorazm viloyati va Qoraqalpogʻiston Respublikasida chang boʻroni sodir boʻldi, shamol tezligi soniyasiga 25-27 metrga yetdi.

TOSHKENT, 29 may — Sputnik. Orol dengizi atrofidagi hududlarda yuz bergan boʻron vaqtida havodagi chang miqdori meʼyordagidan bir necha barobar koʻp boʻlgan.

Bu haqda Oʻzbekiston Gidrometeorologiya markazi maʼlum qildi.

Yakshanba kuni Xorazm viloyati va Qoraqalpogʻiston Respublikasida chang boʻroni sodir boʻldi, shamol tezligi soniyasiga 25-27 metrga yetdi. Kun boʻyi esgan kuchli shamol oqibatida havoga chang va Orol dengizidagi tuz changlari koʻtarildi.

"Nukus shahridagi kuzatish maydonidagi oʻrganishlar havodagi changning miqdori meʼyordagidan 5,9  marta koʻp ekanligini koʻrsatdi", — deb xabar berdi RIA Novosti mahalliy OAVga tayanib.

Sinoptiklarning maʼlumot berishlaricha, ushbu hududda 25 apreldan buyon yogʻingarchilik boʻlmagan. Kuchli shamol koʻp miqdordagi chang, xususan, qurigan Orol dengizi tubidagi tuz changlarini havoga koʻtargan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala