Migratsiya

Yekaterinburg sud ijrochilari tomonidan noqonuniy muhojirlar Oʻzbekistonga yuborildi

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Fotobankka oʻtishRabota sudebnыx pristavov
Rabota sudebnыx pristavov - Sputnik Oʻzbekiston
Ellikdan ortiq kishi oʻz vatanlariga qaytib ketishdi – bular Oʻzbekiston, Tojikiston, Qirgʻiziston va Ozarbayjon fuqarolaridir.

TOSHKENT, 30 may — Sputnik. Sverdlovsk viloyati sud ijrochilari tomonidan bir haftada 50 dan ortiq migratsiya qonunchiligini buzgan muhojir Rossiyadan chiqarib yuborildi.

Migrant iz Uzbekistana Feruza - Sputnik Oʻzbekiston
Migratsiya
Rossiyadagi muhojir ayol hayotidan: musofirchilik qiyinchiliklari va vatan sogʻinchi

“Asosan bular yaqin xorijiy davlat fuqarolari: Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Ozarbayjon”, - deb xabar qildi sud ijrochilari mahkamasi.

Ushbu idora maʼlumotlariga qaraganda barcha fuqarolar “Rossiyada xorijiy fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan Rossiya Federatsiyasiga kirish qoidalari yoki Rossiya Federatsiyasida boʻlish tartibini buzish” maʼmuriy huquqbuzarligini sodir etishda aybdor deb topildi.

Sud jazo tariqasida muhojirlarni Rossiya hududiy majburiy ravishda chiqarib yuborish chorasini qoʻllashga qaror qildi.  

Endi ular faqat besh yildan soʻng Rossiya hududiga qaytib kirishlari mumkin.

Rossiya hududidan majburiy ravishda chiqarib yuborishga qaror qilingan fuqarolar “Koltsovo” aeroportidagi davlat chegarasi nazorat oʻtkazish joyigacha olib borildi.  

Sud ijrochilari xizmati maʼlumotlariga koʻra, yil boshidan jami Rossiya hududidan 620 nafar xorijiy fuqaro majburiy ravishda chiqarib yuborilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala