Dunyoda

FXX qamoqxonada terrorchi yollashga harakat qilgan fuqarolarni aniqladi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Fotobankka oʻtishSIZO
SIZO - Sputnik Oʻzbekiston
Qamoqxonada boʻla turib ID safiga terrorchi yollashga uringan Dogʻiston va Oʻzbekiston fuqarolari aniqlandi.

TOSHKENT, 30 may — Sputnik. Perm oʻlkasida ikki nafar qamoqqa olingan shaxs terrorchilar safiga odam yollashda ayblanmoqda, deb xabar qildi Rossiya FXX matbuot xizmati.

Tergov qoʻmitasi xabariga koʻra, terrorchilikda ayblanib 15 yilga qamalgan Dogʻiston  fuqarosi va narkotik moddalar saqlashda ayblangan Oʻzbekiston fuqarosi, qamoqxona ichida ekstremistik guruh tashkil qilishgan.

“Ular qamalganlar orasidan Rossiyada taʼqiqlangan “Al-Qoida” va “Islomiy davlat” terrorchi tashkilotlari safiga odam yollashga, radikal islom oqimini qoʻllab-quvvatlashga uringan, noqonuniy qurollangan guruhlarga qoʻshilishga undagan”, - deyilgan FXX xabarida.

Jinoyatchilarga nisbatan Rossiya JKning 205.2 bandining 1 boʻlimiga muvofiq (Ommaviy shaklda terrorchilikka undash, ommaviy ravishda terrorchilikni oqlash) jinoiy ish qoʻzgʻatilgan. Ayni damda tergovchilar dalillar izlash va jinoyatchilarning boshqa noqonuniy ishlarini aniqlash bilan shugʻullanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala