Siyosat

Sergey Lavrov Shimoliy Koreyaga boradi

Rasmiy tashrif 31 may sanasiga belgilangan. Lavrov Koreya yarim orolidagi vaziyatni va xalqaro masalalarni muhkama qilishi kutilmoqda

TOSHKENT, 30 may — Sputnik. Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov KXDRga tashrif buyuradi. Rasmiy tashrif 31 may sanasiga belgilangan, deb xabar berdi Rossiya TIV matbuot-xizmati.

Bolshaya press-konferentsiya Vladimira Putina 2017 - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Putin bekor boʻlgan AQSH va KXDR sammiti haqida: Kim Chen In bergan vaʼdalarini bajardi

Rossiya Tashqi ishlar mahkamasi rahbari ikkiyoqlama dolzarb masalalarni, Koreya yarim oroli atrofidagi vaziyatni hamda boshqa xalqaro masalalarni muhokama qiladi.

Ilgariroq Shimoliy Koreyaning yuqori martabali amaldori AQShga joʻnab ketgani haqida xabar berilgan edi.

RIA Novosti nashri xabariga koʻra, Koreya Mehnat partiyasi MQ raisining oʻrinbosari Kim Yon Chxol Pekindan Nyu-Yorkka qarab uchgan.

Oq uy tarqatgan rasmiy xabarlarga koʻra, shimoliy koreyalik amaldor AQSH Davlat kotibi Mayk Pompeo bilan muzokaralar oʻtkazadi.

Muzokaralar Singapurda 12 iyunda oʻtkazilishi rejalashtirilgan AQSH-KXDR sammitiga tayyorgarlik masalalariga bagʻishlanadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala