Jamiyat

Toshkentga yoʻllar va shaharsozlik vaziri boshchiligidagi Eron delegatsiyasi keldi

© Sputnik / Ramil SitdikovRukopojatiye
Rukopojatiye - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonga Eron Islom Respublikasining yoʻllar va shaharsozlik vaziri hamda qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari boshchiligidagi delegatsiyalar keldi.

TOSHKENT, 30 may — Sputnik. Toshkentga Eron Islom Respublikasining yoʻllar va shaharsozlik vaziri Abbos Ohundiy boshchiligidagi delegatsiya keldi. Bu haqda Oʻzbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrif dasturidan hukumatda, Tashqi savdo, Qurilish vazirliklari, “Oʻzavtotrans” agentligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ rahbarlari bilan uchrashuv va muzokaralar oʻtkazish oʻrin olgan.

Rukopojatiye - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekiston va Eron savdo imtiyozlari toʻgʻrisida bitim tayyorlamoqda

Delegatsiya Samarqand va Buxoroda ham boʻladi.

Shu kunning oʻzida Toshkentga Eron Islom Respublikasining qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Ali Akbar Mehrfard boshchiligidagi delegatsiya ham keldi.

Eron delegatsiyasi agrosanoat kompleksi uchun zamonaviy asbob-uskunalar va texnologiyalarning “Uzbekistan Agrotech Expo – 2018” xalqaro ixtisoslashtirilgan koʻrgazma-savdosi hamda qishloq xoʻjaligi texnikasi va mashinalarining “Uzbekistan Agromash Expo – 2018”

xalqaro ixtisoslashtirilgan koʻrgazmasida ishtirok etadi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasida uchrashuv va muzokaralar oʻtkazadi, Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Toshkent viloyatidagi qator xoʻjaliklarda boʻladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala