Jamiyat

Avtotransportda yuklarni tashish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritildi

© Sputnik / Igor Onuchin / Fotobankka oʻtishTexnika na stroyploщadke
Texnika na stroyploщadke - Sputnik Oʻzbekiston
Qaror talablariga asosan qurilish obʼyektlaridan umumiy foydalaniladigan yoʻllarga kuzov va gʻildiraklarni yuvmasdan chiqishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

TOSHKENT, 30 may — Sputnik. Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 29 maydagi qarori bilan Oʻzbekistonda avtomobil transportida yuklarni tashish qoidalariga oʻzgartirish kiritildi, deb xabar qildi Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" Telegram-kanali.

Endilikda ushbu qaror talablariga asosan qurilish obʼyektlaridan umumiy foydalaniladigan yoʻllarga kuzov va gʻildiraklarni yuvmasdan chiqishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Shuningdek, qurilish materiallarini, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini, sanoat va oziq ovqat tovarlarini, shuningdek boshqa toʻkiladigan yuklarni (issiq asfalt, yirik gabaritli va ogʻir yuklardan tashqari) ochiq avtotransport vositalarida tashishda yuk majburiy tartibda brezent yoki boshqa qalin material bilan qoplanishi lozim.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala