Jamiyat

Tashkent City qurilishida xalqaro kompaniyalar hamkorlik qilmoqda

Prezident osmatrivayet proyekt Tashkent City
Prezident osmatrivayet proyekt Tashkent City - Sputnik Oʻzbekiston
Bugungi kunda mazkur zamonaviy markaz qurilishi yettita lotda jadal olib borilmoqda. Hozirgacha 42 ming kub metr tuproq ishlari bajarilgan, yer osti monolit qoplamalarini mustahkamlash yakunlangan.

TOSHKENT, 1 iyun — Sputnik. Xorijiy investorlar "Tashkent City" loyihasida ishtirok etishga katta qiziqish bildirmoqda. Bugungi kunda "Tashkent City" maʼmuriy kengashi tomonidan qariyb 10 sarmoyador subʼyekt bilan hamkorlik tasdiqlangan. Ular orasida Buyuk Britaniya, Germaniya, Janubiy Koreya kabi davlatlarning yirik qurilish kompaniyalari bor, deb yozadi Oʻzbekiston prezidenti matbuot xizmati.

Proyekt delovogo tsentra Tashkent City - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
"Tashkent city" xalqaro ishbilarmonlik markazi loyihasi yanada takomillashtiriladi

Bugungi kunda mazkur zamonaviy markaz qurilishi yettita lotda jadal olib borilmoqda. Hozirgacha 42 ming kub metr tuproq ishlari bajarilgan, yer osti monolit qoplamalarini mustahkamlash yakunlangan.

Oʻzbekiston rahbari mazkur biznes markazi qurilishining borishi bilan tanishdi. Quruvchi va muhandislar, xorijlik mutaxassislar bilan suhbatlashdi.

Mehmonxona va kongress-xolda xalqaro tadbirlarni oʻtkazish uchun barcha sharoitlar yaratish, zallarni bezatish va jihozlashda milliyligimizga eʼtibor qaratish zarurligini taʼkidladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yil aprelida ham bu yerga tashrif buyurib, inshootlarni zamonaviy va sifatli qilib qurish boʻyicha koʻrsatmalar bergan edi.

Tashkent City xalqaro biznes markazi Toshkent shahrining Alisher Navoiy, Olmazor, Islom Karimov va Furqat koʻchalari oraligʻida bunyod etilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala