Kosmonavtlar vaznsizlikda futbol o‘ynadi

Obuna bo‘lish
Xalqaro kosmik stansiyada rossiyalik kosmonavtlar Anton Shkaplerov va Oleg Artemyevlar futbol o‘ynadi.

Rossiyalik kosmonavtlar XKSda vaznsizlikda JCh-2018ning rasmiy to‘pi bilan futbol o‘ynashdi.

Ayni damda JCh-ning ushbu to‘pi yerga qaytarilgan. Telstar-18 nomli koptokdan Rossiyada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatining birinchi o‘yinida foydalaniladi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada 14-iyundan 15-iyulga qadar futbol bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Chempionat o‘yinlari Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon, Sochi, Yekaterinburg, Kaliningrad, Samara, Saransk, Rostov-na-Donu va Volgograd shaharlarida joylashgan stadionlarda bo‘lib o‘tadi. Birinchi va oxirgi o‘yinlar Moskvadagi “Lujniki” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Yangiliklar lentasi
0