Shaharni piyodalarga qulay qilish uchun 10 qadam

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishOtkritie peshexodnoy zoni na Patniskoy ulitse
Otkritie peshexodnoy zoni na Patniskoy ulitse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya arxitektura burosi Amir Temur ko‘chasini rekonstruksiya qilish loyihasini taklif qildi. Unga ko‘ra ushbu ko‘cha kelajakda piyodalar va velosipedchilar uchun qulay bo‘ladi.

TOShKENT, 4-iyun – Sputnik. Rossiyaning “Strelka” nomli konstruktorlik burosi “Toshkent seni sevadi” nomli loyihani taqdim etdi. Unda Amir Temur ko‘chasini piyodalar va velosipedchilar uchun rekonstruksiya qilish taklif etilgan.

Buro direktori Denis Leontyev, Toshkent shahar hokimligi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan, loyihani 1-iyun kuni Shavkat Mirziyoyevga taqdim etdi.

© KB StrelkaPlani po obustroystvu Tashkenta
Plani po obustroystvu Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Plani po obustroystvu Tashkenta

Loyiha bo‘yicha, birinchi bosqichda Amir Temur shoh ko‘chasi yangilanadi.  Piyodalar qulayligi uchun trotuarlar kengaytiriladi  va velosiped yo‘laklari quriladi. Odam gavjum joylarda, chorrahalarda dam olish o‘rinlari va savdo shahobchalari quriladi. Oftobdan himoya qilish va ko‘rkamlik maqsadida 400dan ortiq daraxtlar ekiladi.

“Strelka” KB shaharini odamlar uchun qulay qilish loyihasini shahar aholisi bilan muhokama qiladi. Ana shunday muhokamalardan biri Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Ijtimoiy kengash a’zolari bilan bo‘lib o‘tdi. Dastlabki bosqichda kengash a’zolari arxitektorlarni qo‘llab-quvvatlashdi.

Aytish joizki, ijtimoiy tarmoqda ushbu loyihaga nisbatan turli fikrlar bildirildi. Ular orasida avtomobillar uchun yo‘llarni qisqartirishga qarshi bo‘lganlar ham bor. Ularning fikriga ko‘ra kelajakda avtomobillar soni faqat ko‘payadi, shuning uchun yo‘llarni kengaytirib,  piyodalar uchun yer usti yoki yer osti ko‘priklari qurish kerak.

Bugungi kunda dunyoning rivojlangan mamlakatlari misolida ko‘rish mumkin-ki — bunday qarash mutlaq noto‘g‘ri. Xususan, Yevropa mamlakatlarida barcha yirik shahar markazlariga xususiy avtomobillar kirishi ta’qiqlangani yoki pullik qilib qo‘yilgani bejiz emas.

Moskva bosib o‘tgan yo‘l

Qisqa vaqt ichida avtomobillar soni keskin ko‘paygan, Moskva shahriga nazar tashlaylik. Statistika ma’lumotiga ko‘ra, Moskvada avtomobillar soni 2000-yilda 2 mln donadan 2010-yilga 4,5 mln donaga, 2017-yilda esa 5,5 mln donaga yetgan.

© Sputnik / Vladimir SergeyevMoskvada ertalabki "probka"
avtomobili gorizontal Sadovoe kolso stok trafik - Sputnik O‘zbekiston
Moskvada ertalabki "probka"

Aytish joizki, Moskva yo‘llari avvaldan keng qilib qurilgan. Shaharning asosiy prospektlarida ikki tomonlama harakat kamida 4 qatordan tashkil etilgan.

Shunday bo‘lsada 2000-yillardan boshlab shahar ko‘chalari ertalab soat 8dan 11gacha va kechqurun soat 5 dan 9gacha uzuluksiz tirbandlikka aylandi. Muhim chorrahalarda transport bog‘lamalari qurilishi, 2005-yilda Uchinchi Transport halqasining ishga tushirilishi ham tirbandliklar sonini kamaytira olmadi.

Shahar avtomobillar uchun qulay bo‘lgan sari – ularning soni ham baravariga oshib boraverdi.

© Anton DenisovMoskvada kechgi "probka"
Avtomobilnaya probka na Sadovom kolse v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Moskvada kechgi "probka"

Shunda shahar ma’muriyati, transport tizimini rivojlantirishning mutlaq boshqa yo‘lini topdi.

Shahar ma’muriyati, dastlab,  yo‘llarda avtobus va trolleybuslar harakatlanishi uchun maxsus yo‘laklar ajratishdi, yangi avtobus va tramvaylar sotib olindi, jamoat transportida bepul internet ishga tushirildi.

© Sputnik / Grigoriy SisoyevAvtobuslar uchun maxsus yo‘lak
Videlennaya polosa poyavilas v sentre Moskvi - Sputnik O‘zbekiston
Avtobuslar uchun maxsus yo‘lak

Ikkinchidan, shahar markazida avtomobillarni faqat maxsus belgilangan pullik parkovkalarda qoldirish mumkin bo‘ldi. Ya’ni oldingidek avtomobilni yo‘l chetida istalgan bo‘sh joyida qoldirib ketishning iloji qolmadi.

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishNoto‘g‘ri parkovka qilingan avtomobil evakuatsiya qilinmoqda
Rabota evakuatorov - Sputnik O‘zbekiston
Noto‘g‘ri parkovka qilingan avtomobil evakuatsiya qilinmoqda

Bugungi kunda Moskva markazida parkovka narxi bir soatiga 60 rubldan 250 rublgacha. Dam olish va bayram kunlari – bepul. Parkovka haqini to‘lamaganlarni kamera o‘rnatilgan maxsus avtomobillar darhol 2500 rublga jarima qiladi. Moskva shahar budjeti 2017-yilda parkovkalardan 855 mln $ daromad olgan va ushbu daromad miqdori yiliga 20%ga o‘sib bormoqda.

Uchinchi bosqichda esa, shahar markazidagi avtomobil yo‘llari toraytirilib ularning chekkasidan piyodalar uchun keng va qulay trotuarlar, velosipedlar uchun alohida yo‘laklar yaratildi. Shuningdek ko‘plab daraxtlar ekildi va skameykalar qo‘yildi.

© Sputnik / Anton DenisovMoskvada avtomobil yo‘llari qisqartirilmoqda
Rekonstruksiya Sadovogo kolsa - Sputnik O‘zbekiston
Moskvada avtomobil yo‘llari qisqartirilmoqda

Ushbu o‘zgarishlar boshlanganidan 5-yil o‘tib shuni aytish mumkin-ki – Moskva markazi piyoda sayr qilish juda qulay va shinam joyga aylandi. Ishga velosipedda yoki samokatlarda keladiganlar soni ko‘paydi.

Shahar markazida ishlaydiganlarning aksariyati — jamoat transportidan foydalanishga o‘tdi. Markazda tirbandliklar soni keskin kamaydi.

Vserossiyskiy veloparad v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Vserossiyskiy veloparad v Moskve

Xullas, bugungi erishilgan natijalarga ko‘ra, shahar ma’muriyati 5-yil odin to‘g‘ri yo‘l tanlaganiga shubha qolmadi.

Shaharlar — odamlarni birlashtirish uchun yaratilgan

Tarixdan ma’lumki, shaharlar odamlarni o‘zaro mahsulot almashish uchun bir joyga to‘planishi natijasida paydo bo‘lgan. Shunday ekan shaharning asosiy vazifasi – odamlarni birlashtirishdir, avtomobillarni emas.  

Amerikalik urbanist-olim Jeff Spek AQSh tarixida avtomobillar infratrukturasi rivojlanishi odamlar sog‘lig‘iga va mamlakat iqtisodiyotiga yomon ta’sir qilgan deb hisoblaydi.

© Sputnik / Natalya SeliverstovaAvtomobili na Bruklinskom mostu v Nyu-Yorke.
Avtomobili na Bruklinskom mostu v Nyu-Yorke. - Sputnik O‘zbekiston
Avtomobili na Bruklinskom mostu v Nyu-Yorke.

Uning fikriga ko‘ra shaharlarning faqat avtomobilda harakatlanishga qulay qilish – bu noto‘g‘ri yo‘l. Buning ikkita isboti bor: birinchidan amerikaliklar 1970-yillardan boshlab avtombil xarid qilish va yo‘llar qurish uchun tobora ko‘proq mablag‘ sarflamoqda.

Masalan, o‘rtacha amerikalik oila 1970-yillarda avtomobil, yonilg‘i va yo‘l solig‘iga oila daromadining 1/10 qismini sarflagan bo‘lsa, bugungi kunda ushbu xarajatlarga oila daromadining 1/5 qismi sarflanmoqda.

Ikkinchidan, yo‘l sharoitlari qulay bo‘lgan sari avtomobil transporti soni ham oshdi, tirbandliklar soni yanada ko‘paydi. Oqibatda odamlar kuniga o‘rtacha 3-4 soat vaqtini tirbandlikda, avtomobil ichida ifloslangan havodan nafas olib o‘tirishga majbur bo‘lmoqda.

Agar ular piyoda yoki velosipedda ishxonalariga yetib olishlari mumkin bo‘lganda, bu ham sog‘liq ham atrof-muhit uchun foydali bo‘lardi.

Shaharni piyodalarga qulay qilish uchun 10ta qadam     

Jeff Spekning “Shahar piyodalar uchun” kitobidan olingan.

  1. amoat transporti ishlating. Jamoat transportini toza, qulay qiling, ular uchun alohida yo‘laklar ajrating. Ular avtomobildan tezroq manzilga yetib borishi kerak.Tezurar tramvaylar, yer usti metrosi quring.
  2. Avtomobillarni joyiga qo‘ying. Ya’ni avtomobillar uchun maxsus parkovka joyi ajrating va ular faqat o‘sha yerda tursin.
  3. Parkovkalardan samarali foydalaning. Shahar markazlarida esa parkovkalar pullik bo‘lishi kerak, faqat o‘shandagina odamlar avtomobildan va markazdagi yo‘llardan samaraliroq foydalana boshlaydi.
  4. Turli muassasalarni bir joyga jamlang. Ya’ni odamlar piyoda yetib olishi mumkin bo‘lgan masofada ham restoran, ham ishxona ham poliklinika boshqa obyektlar bo‘lsa, bunday hududlar doimo gavjum bo‘ladi.      
  5. Piyodani himoya qiling. Yo‘l qoplamalari, belgilar, cheklovlar – barchasi piyoda o‘zini xavfsiz his qilish uchun xizmat qilishi kerak. Avtomobilchilar bunday yo‘llardan o‘ta ehtiyotkorlik bilan harakatlanishi kerak.
  6. Velosipedchilarni yaxshi ko‘ring. Shahar sharoitida, 20kmgacha bo‘lgan masofalarda  velosiped avtomobilning o‘rnini bosishi mumkin. Buning uchun sharoit yaratish kerak xolos. Masalan, aholisi 783 ming kishi bo‘lgan Amsterdam shahrida har kuni 400 ming kishi!!! velosipedda yo‘lga chiqadi. Buning qanchalik yaxshi ekanini tasavvur qilib bir ko‘ringa, yo‘llarda avtomobillar soni balkim 300 mingga kamayadi, shuncha odam sog‘lom bo‘ladi, ekologiya, parkovka muammolari kamayadi va  hokazo…
  7. “Chiroyli dizayn – odamlarni ko‘chaga chorlaydi”, — deb hisoblaydi Jeff Spek. Urbanist fikriga ko‘ra, ko‘chalar qanchalik shinam va ko‘rkam bo‘lsa odamlar shunchalik u yerda bo‘lgisi, piyoda yurgisi keladi.
  8. Daraxt eking. Odamlar uchun noqulay bo‘lgan beton va asfalt ko‘chalarni daraxtlar salqin va shinam qilishi mumkin.
  9. Binolar fasadini chiroyli qiling. Qadimdan qolgan shunday gap bor: “Piyoda sayrning uzunligi yo‘l-yo‘lakay qancha tomosha borligiga bog‘liq”, — degan. Piyodalar yo‘laklari oldidan joylashgan binolar devorini qiziqarli qilish kerak, iloji boricha u yerda magazinlar vitrinalari yoki boshqa tomoshaga arziydigan narsalar bo‘lsa yaxshi.
  10. Siz uchun eng muhim va ikkinchi darajali bo‘lgan narsalarni boshidan aniq belgilab oling. Shunda sarflanadigan har bir so‘m mablag‘ samarali bo‘ladi.
© Sputnik / Ramil SitdikovPatniskaya ko‘chasida piyodalar yo‘lagining ochilishi
Otkritie peshexodnoy zoni na Patniskoy ulitse v Moskve. - Sputnik O‘zbekiston
Patniskaya ko‘chasida piyodalar yo‘lagining ochilishi
Yangiliklar lentasi
0