TOSHKENT, 5 iyun — Sputnik. Saudiya Arabistoni tarixida ilk bor ayollarga haydovchilik guvohnomasi berildi, deb xabar qilmoqda Associated Press.
Qirollik Yoʻl politsiyasi oʻzining Twitterida ayollarga haydovchilik guvohnomasini topshirish aks etgan videolavhani joylashtirdi. Guvohnoma olgan ayolning ismi nomaʼlum, lekin uning xalqaro guvohnomasi boʻlganligi aytib oʻtilgan.
Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yili Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ben Abdul Aziz al-Saud boshqa mamlakatlar haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlgan ayollarga qirollik guvohnomalari berishga ruxsat bergan edi. Mahalliy OAVlar xabariga koʻra, ushbu voqea Qirollik uchun “tarixiy” voqea boʻlgan.
Aytish joizki, Saudiya Arabistonida oldin ham ayollarga avtomobil haydan toʻgʻridan-toʻgʻri taʼqiqlanmagan edi, lekin haydovchilik guvohnomalari oldin faqat erkaklarga berilar edi. Ayol kishi avtomobil boshqargani maʼlum boʻlsa unga katta jarima solinishi mumkin edi.