Jamiyat

Oʻzbekistonda fuqaroning yashash manzili haqida internet orqali maʼlumot olish mumkin boʻldi

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Xizmatdan foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida Yagona identifikatsiya tizimi orqali (OneID) roʻyxatdan oʻtish lozim.

TOSHKENT, 5 iyun – Sputnik. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my2.gov.uz) orqali manzil-maʼlumot axborotlarini taqdim etish davlat xizmati respublika miqyosida ishga tushirildi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi maʼlum qildi, deb yozadi Podrobno.uz.

Yanvar oyida mazkur xizmat sinov rejimida Toshkent shahri uchun ishga tushirilgandi.

Xizmatdan foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida Yagona identifikatsiya tizimi orqali (OneID) roʻyxatdan oʻtish lozim. OneID tizimi orqali roʻyxatdan oʻtish chogʻida akkauntni tasdiqlash talab etiladi.

Aytilishicha, manzil-maʼlumot axboroti uch kun ichida taqdim etiladi. Xizmatdan foydalanish bepul.

Yangiliklar lentasi
0