O‘zbekistonlik Ulug‘bek Xolov professional ringdagi navbatdagi jangini o‘tkazadi

© NOK UzbekistanaUlugbek Xolov provedet boy v Yujnoy Osetii
Ulugbek Xolov provedet boy v Yujnoy Osetii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
28 yoshli Ulug‘bek shu kungacha professional boksda 6ta jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘alaba qozongan (3ta nokaut).

TOShKENT, 5-iyun – Sputnik. Bugun professional boksda faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik bokschi Ulug‘bek Xolov o‘zining professional ringdagi yettinchi jangini o‘tkazadi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Janubiy Osetiyaning Sxinval shahrida yengil vazn toifasida bo‘lib o‘tadigan ushbu bahsda unga rossiyalik Soslan Tedeyev raqiblik qiladi.

28 yoshli Ulug‘bek shu kungacha professional boksda 6ta jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘alaba qozongan (3ta nokaut).

Rossiyalik 22 yoshli bokschi esa bungacha 18 marotaba ringga ko‘tarilib, ularning 17 tasida raqiblarini mag‘lubiyatga uchrata olgan (11ta nokaut). Bitta jangda imkoniyatni boy bergan.

Yangiliklar lentasi
0