Iqtisod

Oʻzbekiston SHHT biznes-forumida ishtirok etmoqda

© SHOSTorjestvennaya tseremoniya podnyatiya gosudarstvennыx flagov dvux novыx gosudarstv-chlenov Organizatsii - Respubliki Indii i Islamskoy Respubliki Pakistan
Torjestvennaya tseremoniya podnyatiya gosudarstvennыx flagov dvux novыx gosudarstv-chlenov Organizatsii - Respubliki Indii i Islamskoy Respubliki Pakistan - Sputnik Oʻzbekiston
Forumning asosiy maqsadi Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo mamlakatlar oʻrtasida iqtisodni rivojlantirish va aloqalarni mustahkamlashdan iborat.

TOSHKENT, 6 iyun — Sputnik. Bugun 6 iyun kuni Xitoyning Pekin shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiningishbilarmonlar kengashi oʻz biznes-forumini boshladi.

Predsedatel KNR Si Tszinpin i prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vo vremya tseremonii privetstviya v Pekine - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Mirziyoyev SHHT sammiti doirasida XXR raisi Si Tszinpin bilan uchrashadi

Forumda SHHT tarkibiga kiruvchi 8 ta mamlakat Hindiston, Qozogʻiston, Xitoy, Qirgʻiziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va Oʻzbekiston ish bilarmonlar kengashi vakillari qatnashmoqdalar.

Forumning asosiy maqsadi Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo mamlakatlar oʻrtasida iqtisodni rivojlantirish va aloqalarni mustahkamlashdan iborat.

Forum oʻzaro strategik aloqalarni yoʻlga qoʻyish, hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, savdo-iqtisodiy va investitsiyalarni jalb qilish, innovatsiyalarni rivojlantirish, kichik va oʻrta biznesni rivojlantirishga bagʻishlangan ikkita plenar sessiya shaklida boʻlib oʻtdi.

Ishtirokchilar hududiy joylashuvidan kelib chiqib kichik biznesni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini va tadbirkorlik faoliyatini rivojlatirish va mamkalatlarning iqtisodiyotida kichik biznesning rolini koʻrib chiqdilar.

Neboskrebы v gorode Tsindao, Kitayskaya Narodnaya Respublika - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
SHHT sammiti: port-shahar Tsindaoda nimalar boʻlishi kutilmoqda?

Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisiA.Ikromov oʻz nutqida:

— Bugungi kunda Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarning tadbirkorlik subʼyektlari Oʻzbekistonning koʻpgina yangi sanoat korxonalarida, neft va gaz, telekommunikatsiya, transport, toʻqimachilik, turizm, qurilish, kimyo va boshqa sohalarda qoʻshma loyihalarni amalga oshirishda faol ishtirok etmoqda.

"Biz SHHTga aʼzo davlatlar bilan koʻp qirrali savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va moliyaviy hamkorlikni yanada mustahkamlashga ustuvor ahamiyat beramiz".

Shu munosabat bilan biz "Bitta kamar, bitta yoʻl" kontseptsiyasiga umid bogʻlayapmiz, uning amalga oshirilishi bizning nuqtai nazarimizda mintaqada hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi. Bizning fikrimizcha, ushbu loyihani amalga oshirish iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyalarni jalb qilish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, transport-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi, turizm, taʼlim va madaniyat sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.

Biz loyihaning bunday yoʻnalishlarini qoʻshma infratuzilma, sanoat investitsiyalari, resurslarni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy hamkorlik, atrof-muhitni muhofaza qilish kabi qoʻllab-quvvatlaymiz", — dedi Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi.

Eslatib oʻtamiz, forum SHHT sammiti doirasida oʻtkazilmoqda. Bugungi kunda SHHT Ishbilarmonlar Kengashining majlisini oʻtkazish rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala