Jamiyat

Shavkat Mirziyoyevning SHHT sammitidagi kun tartibi maʼlum qilindi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPrezident RUz Shavkat Mirziyoyev
Prezident RUz Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston prezidenti XXR raisi Tsi Tszinpin, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazadi.

TOSHKENT, 7 iyun – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-10 iyun kunlari Xitoyning Tsindao shahrida boʻlib oʻtadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti davlat rahbarlari kengashining oʻn sakkizinchi majlisi doirasida qator davlatlar rahbarlari bilan uchrashuvlar oʻtkazadi. Bu haqda prezidentning matbuot kotibi Komil Allamjonov maʼlum qildi.

Allamjonovning bildirishicha, Shavkat Mirziyoyev Tsindaoga 8 iyun kuni yetib keladi. Oʻzbekiston prezidenti 9 iyun kuni XXR raisi Si Tszinpin, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazadi.

Prezident matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, sammitda tashkilot faoliyatini yanada takomillashtirish, mintaqaviy xavfsizlik, iqtisodiy va investitsiyaviy sheriklikni kengaytirish, transport-kommunikatsiya sohasidagi aloqalarni faollashtirish masalalari hamda koʻp tomonlama hamkorlikning boshqa jihatlari muhokama qilinadi.

Komil Allamjonov shuningdek, Oʻzbekiston prezidentining Pokiston prezidenti Mamnun Husayn va BMT rahbariyati bilan ham uchrashuvlar oʻtkazishi rejalashtirilganini bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader