TOSHKENT, 7 iyun – Sputnik. Kolumbiya terma jamoasi Oʻzbekiston bilan oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazish boʻyicha taklif bilan chiqdi, deb xabar berdi championat.asia.
“Kolumbiyaliklar JCH-2018 boshlanguniga qadar Yevropada Oʻzbekiston bilan oʻynashni istadi. Biroq OʻFA ushbu taklifga rad javobini berdi”, - deyiladi xabarda.
Xabarda aytilishicha, rad javobi berilishining bir qator sabablari bor.
Oʻzbekiston terma jamoasi 8 iyun kuni Montevideo shahrida Urugvay bilan oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazadi. Kolumbiya 12 iyun kuni Rossiyaning Qozon shahriga yetib borishi kerak.
“Terma jamoamiz Urugvaydan qaytib kelishiga vaqt juda kam edi. Bundan tashqari 10-12 iyun kunlari Superligada 15-tur bahslari boʻlib oʻtadi”, - deyiladi xabarda.